📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba – "Madrid" uchun so'nggi ikki yarim yil ichidagi eng muhimi. O'yin o'tkazilgan joy ["Kamp Nou"], raqib saviyasi va jamoalarning hozirgi holatini inobatga olsak, bu eng nufuzlisi hamdir.
"Real Madrid"ga endi boshqacha qarashadi: o'z o'yin uslubiga va kelajakda qaysi tomonga harakatlanishni aniq tushunadigan kuchliroq jamoa sifatida. Har qanday raqibni mag'lub eta oladigan, jipslashgan va kiyinish xonasida ichki nizolarsiz jamoa sifatida.
📻 Kintana (Radio Marca jurnalisti): "Real Madrid" "Barselona"ga qarshi o'yindan shunchaki El-Klasikodagi g'alaba, uch ochko va La Ligada chempionlik uchun kurash davom etayotganiga bo'lgan ishonchdan ko'proq narsa olishi kerak.
Bularning barchasi ajoyib, ammo "Madrid"ning haqiqiy g'alabasi – jamoa so'nggi yillardagi mag'lubiyatlardan keyin o'zlashtira olmagan barcha saboqlarni aynan shu g'alabadan chiqara olish qobiliyati bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!