Vinisius Juniorning o'yini tanqid ostida
Ispaniyalik jurnalistlar Vinisius Juniorning "Betis"ga qarshi o'yini va uning joriy sport formasi haqida tanqidiy fikrlar bildirishdi.
📰 R. Kanyisares (jurnalist ABC): "Vinisiusning "Betis"ga qarshi o'yini — bu biz uning ijrosida so'nggi oylarda ko'rib kelayotganimizning aynan o'zi. "Madrid" muxlislari nimadan hayron bo'layotganini tushunmayapman. Shunchaki "Madrid"ning mavsum boshidagi 3 ta g'alabasi Vinisiusning hozirgi formasini yashirib turgan edi.
Shu bilan birga, kecha aynan Mbappe raqib darvozasi oldida 3 ta xavfli vaziyatni ko'kka sovurdi va penaltini aniq amalga oshira olmadi, Vinisius emas"
📻 A. Blanko (jurnalist Radio Marca): "Hozir Vinisius raqiblarini birga-bir vaziyatlarda umuman aldab o'ta olmayapti"
📻 Gallego (jurnalist Cadena SER): "Vinisius faqat iloji qolmagan paytda o'yinga kirishmoqda"
📻 Valentin (jurnalist Radio Marca): "Vinisius ikki yildan buyon avvalgi o'yinini ko'rsata olmayapti. U klub taklif qilgan shartnoma uzaytirilishiga loyiq emas edi.U yana rivojlanishni boshlashi kerak. Aks holda, bu uzaytirish halokatli xatoga aylanadi"