Jud Bellingem «Real Madrid»dagi intizomi bilan ajralib turibdi
The Athletic xabariga ko'ra, Jud Bellingem «Real Madrid»dagi eng intizomli futbolchi sifatida e'tirof etilmoqda.
The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Bellingem har kuni jamoaviy mashg'ulotlardan so'ng individual tiklanish va sport zalida ishlash uchun «Madrid» klubi bazasida qolmoqda. Klubdagi manbalar britaniyalik futbolchini jamoaning eng intizomli o'yinchisi deb atashmoqda.
23 yoshli yarim himoyachiga Mourinyu «Real Madrid»ga olib kirgan yangi talablar va ish madaniyati juda yoqmoqda.
Bundan tashqari, Bellingem «qaymoqranglilar» kiyinish xonasining yetakchilaridan biri hisoblanadi va ham maydonda, ham undan tashqarida jamoadoshlari orasida katta obro'ga ega.