Real Madrid 15 yoshli hujumchini nishonga oldi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 9

Real Madrid 15 yoshli hujumchini nishonga oldi

The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, "Real Madrid" allaqachon bir necha oydan buyon "Manchester Yunayted" akademiyasining 15 yoshli hujumchisi Jey-Jey Gabrielni qo'lga kiritish ustida ishlamoqda. Futbolchining yoshi sababli klub ushbu transfer ustida juda maxfiy tarzda ishlagan.

"Qirollik klubi" Gabrielni "Kastilya" hamda "Xuvenil A" safida Yoshlar ligasida o'ynatish uchun tarkibga qo'shib olmoqchi. "Madrid"da hujumchini katta iqtidor egasi deb hisoblashadi va u kelajakda asosiy jamoaning to'laqonli o'yinchisiga aylanishiga ishonishadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!