🖥 The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Vinisius katta ehtimol bilan La Liga doirasidagi ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilinadi. Bunda diskvalifikatsiya muddati uchta o'yingacha uzaytirilishi ham mumkin. Har qanday holatda ham braziliyalik futbolchi "Klasiko"ni o'tkazib yuboradi (25.10, 23:00 msk).
Qizig'i shundaki, Vinisius qizil kartochka olgan "Vilyarreal"ga qarshi bahsdan oldin, unga yaqin insonlar futbolchi nihoyat o'zining eng yaxshi sport formasiga qaytayotganiga ishonishgan edi 🙃
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!