🖥 The Athletic jurnalisti Kortegana xabariga ko'ra: "Vinisius bugungi "Madrid" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi, chunki u klub bilan tuzilgan tijorat shartnomasi doirasida Dubayda bo'lib turibdi. Ushbu shartnoma shartlariga ko'ra, futbolchi har yili mazkur shaharga tashrif buyurishi kerak.
Diskvalifikatsiya tufayli aynan hozirgi vaqt ushbu safar uchun eng maqbul payt deb topildi. Bundan tashqari, bu futbolchiga xalqaro tanaffus vaqtida Braziliya terma jamoasi safiga borishni osonlashtiradi [chunki Dubaydan masofa yaqinroq]."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!