The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, "Madrid" futbolchilaridan biriga yaqin manba shunday dedi:
Jamoa derbini halokatli darajada yomon o'tkazdi. Bu o'yin hech narsa o'zgarmaganini isbotladi.
Boshqa bir manba shunday qayd etdi:
Hakamlikdagi xatolar "Madrid" o'yin darajasidagi muammolardan ko'ra kichikroq muammo.
Uchinchi manba esa quyidagicha bayonot berdi:
Futbolchilarning ishga bo'lgan munosabati o'tgan mavsumga nisbatan o'zgarmadi.Shuningdek, u jamoada ijodkor yarim himoyachi yo'qligiga ishora qildi:
"Barselona" safida Rodri o'yinini ko'rganingizda, "Madrid"ga aynan nima yetishmayotganini tushunasiz.
"Qaymoqranglilar" murabbiylar shtabi ham markaziy chiziqda dispetcher yo'qligini – Mourinyu yozda transferini qat'iyat bilan talab qilgan futbolchi – jamoa o'yinining sustligidagi asosiy omil deb hisoblamoqda. "Madrid" rahbariyati va futbolchilar atrofidagi ko'plab manbalar ham shunday fikrda.
Shunga qaramay, Mourinyuga yaqin manbalar "Barselona"dan ortda qolayotgan ochkolar farqini La Ligada qisqartirishga ishonch va qat'iyat bildirishdi:
Oldinda uzoq mavsum turibdi. Hozir – fikrlarni jamlab olish uchun ayni vaqt.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!