📰 R. Kanyisares (jurnalist ABC): "Vinisiusning "Betis"ga qarshi o'yini — bu biz uning ijrosida so'nggi oylarda ko'rib kelayotganimizning aynan o'zi. "Madrid" muxlislari nimadan hayron bo'layotganini tushunmayapman. Shunchaki "Madrid"ning mavsum boshidagi 3 ta g'alabasi Vinisiusning hozirgi formasini yashirib turgan edi.
Shu bilan birga, kecha aynan Mbappe raqib darvozasi oldida 3 ta xavfli vaziyatni ko'kka sovurdi va penaltini aniq amalga oshira olmadi, Vinisius emas"
📻 A. Blanko (jurnalist Radio Marca): "Hozir Vinisius raqiblarini birga-bir vaziyatlarda umuman aldab o'ta olmayapti"
📻 Gallego (jurnalist Cadena SER): "Vinisius faqat iloji qolmagan paytda o'yinga kirishmoqda"
📻 Valentin (jurnalist Radio Marca): "Vinisius ikki yildan buyon avvalgi o'yinini ko'rsata olmayapti. U klub taklif qilgan shartnoma uzaytirilishiga loyiq emas edi.U yana rivojlanishni boshlashi kerak. Aks holda, bu uzaytirish halokatli xatoga aylanadi"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!