Bernardu Silva va Mourinyu qarorlari atrofidagi muhokamalar
Bernardu Silvaning o'yini va Mourinyuning tarkib borasidagi qarorlari bo'yicha matbuotdagi fikrlar.
📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Bernardu o'yin darajasini va "Madrid"dagi kreativlik bilan bog'liq muammolarni hisobga olsak, Mourinyu uni nega kamroq maydonga tushirayotgani meni hayron qoldiradi. Nazarimda, u juda yaxshi o'ynamoqda"
📰 B. Fernandes (jurnalist): "Mourinyu va uning yordamchilari Bernarduga hech qachon shubha bilan qarashmagan — ular shunchaki futbolchining optimal jismoniy holatga kirishini istashgan. "Madrid" murabbiylar shtabi 32 yoshli portugaliyalik futbolchi jamoa uchun muhim bo'lishini bilardi. Va u bu ishonchni oqlamoqda"
📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): "Mourinyu Guler va Bernarduni asosiy tarkibda birlashtirishi kerak"
📰 AS (❓) | Endilikda Mourinyu jamoa o'yinni yaxshiroq nazorat qilishi uchun Guler yoki Bernarduni tayanch zonasida ishlatishi kerakligiga amin bo'lmoqda