📻 P. Vilya (Radio Marca jurnalisti): "Endi bu rasmiy tus oldi: Vinisius «Madrid» uchun sport muammosiga aylandi. Agar ilgari qandaydir shubhalar qolgan bo'lsa, AEKga qarshi o'yin buni yana bir bor isbotladi.
O'yin uslubi kutilgan darajadan juda yiroq. U jamoaviy o'yinga deyarli moslashmagan, o'tgan uchrashuvda esa 11 marta to'pni boy berib, birorta ham muvaffaqiyatli dribling amalga oshira olmadi.
Vinisius hanuzgacha hayotidagi eng yomon tush — 2024-yilgi "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmaganidan o'ziga kela olmayapti.
"Madrid" rahbariyati aynan o'yin formasi cho'qqisiga chiqqan shubhalar davrida ham Vinisiusga ishonch bildirmoqda. Biroq braziliyalik futbolchi bu ishonchni oqlash o'rniga, yana klubni pand bermoqda.
Mourinyu ham ommaviy ravishda Vinisiusga ishonishini ko'rsatmoqda, garchi bu qo'llab-quvvatlash samimiy ishonchdan ko'ra, majburiy vazifadek ko'rinsa ham.
Qanday bo'lmasin, Vinisius endi "Madrid"ning ajralmas o'yinchisi emas, jamoa esa o'zining asosiy xususiyatini — o'yinning oxirgi soniyasigacha g'alabaga bo'lgan ishonchni qayta topdi".
📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Madrid" Vinisiusni sotishi kerakmi? Qarorlarni vaziyat yaqqol namoyon bo'lishidan oldin qabul qilish kerak, aks holda istagingiz yanada murakkablashib ketadi.
Hozir Vinisius yangi shartnoma bo'yicha belgilangan olti yil davomida klubda qolishga to'liq haqli. Shu bilan birga, braziliyalik futbolchi borgan sari yomonroq o'ynayotganini hisobga olsak, boshqa jamoalar uning uchun haqiqiy kurash olib borishiga shubham bor.
Qolaversa, Vinisiusning o'zi "Madrid"dagi katta maoshidan voz kechishni istashiga ishonmayman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!