Pikon: "Real Madrid" uchun noyabr oyi hal qiluvchi ahamiyatga ega"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Pikon: "Real Madrid" uchun noyabr oyi hal qiluvchi ahamiyatga ega"

🎤Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Menga shunday tuyulyaptiki, "Real Madrid"ni noyabr oyida uchta "oson" o'yin kutib turibdi, ammo men buni mavsumning davomi uchun kalit pallasi deb hisoblayman.

Bu o'yinlar o'yin sifati va natijalarda barqarorlikni saqlab qolish, o'tgan "Klasiko"da erishilgan barcha narsani boy bermaslik hamda "Barselona" va "Atletiko"ga [La Liga chempionlik poygasida] bosim o'tkazishda o'ta muhim ahamiyatga ega. "Qirollik klubi" kiyinish xonasida buni tushunib turishibdi va hozir kuchayish kerakligini anglashmoqda.

Biz "Real Madrid" ajoyib o'yinlar o'tkazib, keyingi haftada esa muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko'rganmiz. Shu bois, endi o'z darajamizni tasdiqlash muhim. Jamoa istalgan raqibga qarshi raqobatbardosh bo'la olishidan hayron qolishni bas qilish kerak"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!