Real Madrid va Barselona hujum samaradorligi: raqamlar nimani ko'rsatmoqda?
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 18

Real Madrid va Barselona hujum samaradorligi: raqamlar nimani ko'rsatmoqda?

Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Real Madrid" La Liganing o'tgan ikki mavsumida raqiblar darvozasiga "Barselona"ga qaraganda atigi 7 ta kam aniq zarba yo'llagan. Ammo shunga qaramay, "qaymoqranglilar" kataloniyaliklardan naq 42 ta kam gol urishgan (155 taga qarshi 197 ta).

"Madrid"ning aniq zarbalari soni deyarli o'zgarmayapti, ularning samaradorligi esa aksincha:

⚪23/24-mavsum: 249 ta zarba, 87 ta gol;

⚪24/25-mavsum: 249 ta zarba, 78 ta gol;

⚪25/26-mavsum: 253 ta zarba, 77 ta gol

Kilian Mbappe "Madrid"dagi ushbu muammoning yaqqol ifodasi: 24/25-mavsumda u 29 ta yaqqol golli vaziyatdan foydalana olmagan, 25/26-mavsumda esa yana 23 ta (jami 52 ta vaziyat — bu vaqt oralig'ida Primeradagi eng yomon ko'rsatkich). Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi "Betis"ga qarshi o'tgan o'yinda ham 4 ta yaqqol golli vaziyatni ko'kka sovurdi.

Yuqorida keltirilganlarning barchasi "Real Madrid" o'z vaziyatlaridan foydalana olmaydi deganimi? Unchalik emas, chunki jamoa baribir yetarlicha gollar urmoqda. Ammo hozirgi samaradorlik bilan raqiblar darvozasi oldida "Barselona"dan ustun kelish uchun bu kamlik qiladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!