Pikon: Tchuameni hozirgi futbol talablariga javob bermayapti
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 25

Pikon: Tchuameni hozirgi futbol talablariga javob bermayapti

🎤Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Agar dunyoning eng kuchli klublari va terma jamoalari o'yinini tahlil qilsangiz, ularning barchasi Tchuameni kabi o'yinchisiz harakat qilayotganini payqash mumkin. Boshqacha aytganda, ular tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida butunlay boshqacha uslubdagi futbolchilardan foydalanishadi.

PSG (J. Neves — Vitinya), Arsenal (Rays — Gimaraish), Ispaniya terma jamoasi (Rodri), Barselona (Rodri — De Yong), Manchester Siti (E. Fernandes), Bavariya (Kimmix)... Bular Tchuameniga qaraganda ancha harakatchan, dinamikroq va sheriklari bilan yaxshiroq o'zaro harakat qila oladigan futbolchilardir.

Fransiyalik futbolchining foydasiga bitta dalil keltirish mumkin: jamoa hujumchilar bo'shatib ketgan juda ko'p zonalarni yopishga majbur, shuning uchun tayanch yarim himoyachi pozitsiyasiga texnikaliroq yoki harakatchanroq xavbekni qo'yish oson emas.

Boshqa klublar Madridga qaraganda yaxlit jamoa sifatida ancha yaxshi tashkil etilgan. Ammo, boshqa tomondan, Tchuameni aynan muvozanatni ta'minlashi kerakligi uchun asosiy tarkibning daxlsiz o'yinchisi bo'lib qolmoqda, aslida esa u butunlay ojiz ko'rinmoqda.

U hozirgi Madridning asosiy muammosimi? Yo'q. Ammo bu jamoada ko'p narsa ishlamayotganining yaqqol misoli. Siz elitada urfdan qolgan profildagi futbolchidan foydalanmoqdasiz, lekin u hatto maydonga tushirishdan ko'zlangan asosiy maqsadni — ishonchlilik, muvozanat va raqib hujumlarini to'xtatish qobiliyatini ham bermayapti"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!