Vinisius «Real»dagi faoliyatida ilk bor ketma-ket ikki o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, raqibini birga-bir vaziyatda aldab o'tishga urinmadi. «Qirollik klubi» safidagi 309 uchrashuvning qolgan barchasida braziliyalik futbolchi dribling ishlatishga harakat qilgandi.
Pikon (Relevo sobiq jurnalisti): «Vinisiusning «Real»dagi mavqeida nimadir o'zgardi. U asosiy tarkibda maydonga tushgan so'nggi to'rtta o'yinning har birida almashtirildi:
«Elche» — 68-daqiqada
«Atletiko» — 54-daqiqada
«Roma» — 59-daqiqada
«Leyptsig» — 70-daqiqada
Bugun uni yana almashtirishdi, garchi u «Sevilya»ga qarshi o'ynamagan bo'lsa-da, «El-Klasiko»da (25.10, 23:00) diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmaydi».
Valentin (Radio Marca jurnalisti, «Real» sosiosi): «Vinisiusni avvalgi darajasida yana ko'ra olishimizga katta shubham bor. Qolaversa, uning yaxshi saviyaga qayta olishiga ham ishonmayapman».
Pidal (Onda Cero jurnalisti): «Kecha Vinisius hatto raqiblarini birga-bir vaziyatda aldab o'tishga ham urinmadi. U g'azablangan emas, balki tushkunlikka tushgandek, xuddi taslim bo'lgandek ko'rinadi».
Ros (Onda Cero jurnalisti): «Vinisius bo'layotgan voqealarni juda og'ir qabul qilmoqda. «Bernabeu» muxlislari uning xatolarini kechirishmayapti».
Vinisius «Leyptsig» bilan o'yindan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda: «Har bir lahzadan zavq olib yasha. Hammasi o'tib ketadi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!