#Kristof Dyugarri — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Kristof Dyugarri: «Marsel» Payxaoni sotib yuborishi kerak»

Kristof Dyugarri: «Marsel» Payxaoni sotib yuborishi kerak»

Kristof Dyugarri «Marsel» moliyaviy muammolarni hal qilish uchun Payxaoni sotib yuborishi kerakligini ta'kidladi.

Kristof Dyugarri:

«Aksiyador tomonidan belgilangan oddiy qoida mavjud. Unga rioya qilish va jarayonni oxiriga yetkazish kerak: belgilangan doiraga sig'inish lozim. Agar ish haqi fondini qisqartirmasa, «Marsel» transferlarni amalga oshira olmaydi. Shu bois, Payxao bo'ladimi yoki boshqasimi — hech kim ustuvor yoki daxlsiz emas.

Payxao — «Marsel» tarixidagi eng qimmat xarid. U yaxshi o'yinchi, lekin oxirgi bir yil ichida uni sotib bo'lmasligini isbotladimi? U juda foydali, ammo uni har qanday holatda ham olib qolish shart bo'lgan futbolchi emas. «Marsel»ning mavsumi Payxaoning ketishiga bog'liq emas.

Agar Payxaoning sotilishi klubga byudjetga sig'inish, 1, 2, 3 nafar o'yinchini jalb qilish va murabbiyga xotirjamlik taqdim etish imkonini bersa... Payxaoni sotish va uch nafar o'yinchi olish o'rtasida tanlov bo'lsa, unda Payxaoni sotgan ma'qul.»