Kristof Dyugarri:
«Aksiyador tomonidan belgilangan oddiy qoida mavjud. Unga rioya qilish va jarayonni oxiriga yetkazish kerak: belgilangan doiraga sig'inish lozim. Agar ish haqi fondini qisqartirmasa, «Marsel» transferlarni amalga oshira olmaydi. Shu bois, Payxao bo'ladimi yoki boshqasimi — hech kim ustuvor yoki daxlsiz emas.
Payxao — «Marsel» tarixidagi eng qimmat xarid. U yaxshi o'yinchi, lekin oxirgi bir yil ichida uni sotib bo'lmasligini isbotladimi? U juda foydali, ammo uni har qanday holatda ham olib qolish shart bo'lgan futbolchi emas. «Marsel»ning mavsumi Payxaoning ketishiga bog'liq emas.
Agar Payxaoning sotilishi klubga byudjetga sig'inish, 1, 2, 3 nafar o'yinchini jalb qilish va murabbiyga xotirjamlik taqdim etish imkonini bersa... Payxaoni sotish va uch nafar o'yinchi olish o'rtasida tanlov bo'lsa, unda Payxaoni sotgan ma'qul.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!