📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiysi): "Real Madrid" idealdan yiroq va jamoa takrorlamasligi kerak bo'lgan xatolar mavjud. Biroq, afsuski, ularning ba'zilari yana takrorlanadiganga o'xshaydi. Xususan:
⚪ Vinisius va Mbappe maydonda bir-biriga mos emas. Biroq ular baribir birga o'ynashadi;
⚪ Valverde tayanch yarim himoyachilari juftligida emas, o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida yaxshiroq harakat qilmoqda. Ammo ularni markazda boshqa ko'rmasligimizga shubha bor;
⚪ Tarkibda Bellingem bor ekan, Gyuler chuqurroq o'ynashi kerak. Lekin...
Ushbu qarorlardan voz kechish "Madrid"ning jamoa sifatida rivojlanishi uchun birinchi qadam bo'lishi mumkin. Ko'proq futbolchilar o'zlariga odatiy pozitsiyalarda o'ynashadi va ular o'rtasidagi o'zaro tushunish yaxshilanadi.
Bundan tashqari, ko'proq o'yinchilar jamoaviy o'yinga jalb qilinadi va umumiy natijaga yo'naltiriladi. Bularning barchasi jamoaning yaxlit bir butun sifatida rivojlanishiga yordam beradi.
🎤 Pikon (Relevo sobiq jurnalisti): "Vinisius va Mbappe bir vaqtning o'zida maydonga tushmaganda "Real Madrid" yaxshiroq o'ynashini inkor etib bo'lmaydi.
"Sevilya" bilan o'yindan keyin jamoa sezilarli darajada rivojlanyapti degan xulosaga kelish mumkinmi? Yo'q. Ammo "Madrid" Mbappe — Vinisius juftligidan faqat bittasi o'ynaganda yaxshiroq harakat qilishini qo'rquvsiz tasdiqlash uchun yetarlicha dalillar bor".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!