El Chiringuito jurnalisti: "Barselona" Rodrini "Real"ga o'tishiga to'sqinlik qilish uchun sotib olmoqchi"
El Chiringuito jurnalisti Agirre "Barselona"ning Rodri transferi bo'yicha rejalarini tanqid qildi.
📺 El Chiringuito sohibi Agirre:
Rodri — "Barselona" uchun keraksiz transfer. Ular bu futbolchini "Real Madrid"ga o'tishiga to'sqinlik qilish uchun sotib olishga qaror qilganiga shubham yo'q.
Bundan tashqari, "Barselona" Xulian Alvares transferi barbod bo'lganidan keyingi sharmandalikni yopish uchun Rodrini xarid qilmoqchi. Ular Xulian klubga o'tmasligini bilishadi, shuningdek, "Madrid" yozda ulardan 4 nafar futbolchini [Denzel Dumfris, Mark Kukurelya, Bernardu Silva va Usmon Diomande] "o'g'irlab ketganini" eslashadi.