Vinisiyus Juniorning "Real Madrid"dagi kelajagi va uning atrofidagi muhokamalar haqida ekspertlar va jurnalistlarning fikrlari.
📰 Ronsero (AS gazetasi direktor o'rinbosari):
Agar Vinisiyusning o'zi ketishni istamasa, men uni sotmagan bo'lardim. Agar braziliyalik futbolchi jamoani o'zgartirish istagini bildirsa, "Real Madrid" uni 150 million yevrodan kamiga sotmasligi kerak.
M. Torres ("Madrid" sobiq himoyachisi):
Vinisiyusning La Ligadagi diskvalifikatsiyasi Mourinyoga qo'l kelishini biz avvaldan bilgan edik.
📻 Pidal (Onda Cero jurnalisti):
Vinisiyus uchun eng yomoni shundaki, u haqida hech kim hatto eslamayapti ham.
AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero "Real Madrid"ning "Roma" ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.
📰 Ronsero (AS gazetasi direktor o'rinbosari): "Kecha "Real Madrid" "Roma" ustidan ustunlik qildi va butun Yevropaga ogohlantirish yubordi! Hatto 1:3 hisobida ham "Madrid"ni hisobdan chiqarmang! "Real Madrid" degani mana shudir!
Ispaniyalik jurnalistlar va ekspertlar Real Madrid futbolchilari Diomande hamda Arda Gulerning o'yini haqida o'z fikrlarini bildirishdi.
🎤 R. Morales (ispan jurnalisti): "Meni "Rayo Valyekano"ga qarshi o'yindagi Diomande o'yini juda hayratda qoldirdi. U yuqori darajani namoyish etdi. Qolaversa, kecha Diomande "Madrid"ning boshqa hujumkor futbolchilariga qaraganda himoyada yaxshiroq harakat qildi"
📰 Marca | Diomande "Rayo" bilan o'yinda juda ko'zga tashlanmadi. Muxlislar hamon u yulduzmi yoki yo'q, tushunishmayapti... Uning narxi uni hali uzoq vaqt ta'qib qiladi...
📰 Ronsero (AS gazetasi direktor o'rinbosari): "Diomande o'z iqtidorini ko'rsatmoqda. Ammo hozircha u o'zining osmon qadar qimmat narxini oqlaydigan hech narsa qilmadi..."
📻 Pulido (Cadena SER jurnalisti): "Guler – "Madrid" uchun hayotiy muhim o'yinchi. Mening nazarimda, kim o'ynashi kerakligi haqidagi bahs – umi yoki Diomande, besh daqiqadan ortiq davom etmaydi"
AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Vinisiusga nisbatan ishlatilgan qo'pollik va hakamlar qarori borasida keskin fikr bildirdi.
📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Vinisiusga nisbatan ishlatilgan qo'pollik borasida o'z fikrlarini bildirdi:
Agar La Liga o'yinchisi yotgan futbolchini orqasidan tepsa, unga hech ikkilanmay qizil kartochka ko'rsatilgan bo'lardi. Ammo «Espanyol» futbolchisi Vinisiusga nisbatan shunday qo'pollik ishlatgani uchun, bosh hakam Sanches Martines «Real» o'yinlaridagi o'zining qorong'u o'tmishiga sodiq qolishni ma'qul ko'rdi. Hakamga murojaat qilib aytaman: sen «Real Madrid»dan shunchalik nafratlanasanmi?!
AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Arda Gulerning o'yin darajasi va uning "Real" asosiy tarkibidagi o'rni haqida fikr bildirdi.
📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Arda Guler haqida fikr bildirdi:
Arda Gulerning o'yin darajasi meni hayratda qoldirmoqda! Ilgari Arda menga biroz qo'rqoq futbolchi bo'lib tuyulgandi, ammo yakunda u o'z salohiyatini to'liq ochib bera oldi. Shu bois men ham Guler, ham Bellingemni "Real"ning asosiy tarkibida ko'rishni istayman.
Tomas Ronsero Vinisius Juniorga murojaat qilib, unga Mbappening maoshi haqida o'ylamasdan, o'z o'yiniga e'tibor qaratishni maslahat berdi.
Tomas Ronsero:
Vini Mbappening qancha maosh olayotgani haqida o'ylashni bas qilib, "Real" muxlislari oldida o'z qadr-qimmatini yana bir bor isbotlashi kerak. Men u bilan shaxsan gaplashib, "Agentlaringni unut", deb aytmoqchiman. 💭
AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Eduardo Kamavinganing o'yinidan norozi ekanligini va uni sotish kerakligini aytdi.
📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Eduardo Kamavinganing o'yini borasida tanqidiy fikr bildirdi:
Kamavinganing o'yin darajasi xavotir uyg'otmoqda. «Fiorentina»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida u o'tgan mavsumdagidek beqaror, ishonchsiz va tarqoq ko'rindi. Eduardo potensial yulduzdan muvaffaqiyatsiz futbolchiga aylanib qoldi. U o'smayapti va «Madrid» o'yiniga hech qanday ta'sir o'tkazmayapti. Shu bois, APLdan yaxshi taklif tushsa, men uni bajonidil sotgan bo'lardim.
Jurnalistlar va ekspertlar Jud Bellingemning ajoyib o'yini hamda uning "Oltin to'p"ga da'vogarligi haqida fikr bildirishdi.
📺 Agirre (El Chiringuito hammuallifi): "Agar Bellingemning bir yil oldingi va hozirgi o'yin darajasini solishtiradigan bo'lsak, u ayni damda dunyoning eng yaxshi uch nafar futbolchisi qatoriga kiradi. Bellingem shunchaki ajoyib"
📰 Ronsero (AS gazetasi direktor o'rinbosari): "Agar Bellingem shunday yuqori saviyada o'ynashda davom etsa, u "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogarlardan biriga aylanadi"
📻 A. Sans (Onda Cero jurnalisti): "Bellingem — "Madrid"ning hozirgi muvaffaqiyatlarining asosiy ijodkori"
Ekspertlar va jurnalistlar "El-Klasiko"da "Real Madrid"ning "Barselona" ustidan qozongan g'alabasini hamda Mourinyuning taktik qarorlarini yuqori baholashdi.
📰 Ronsero (AS gazetasi direktori o'rinbosari): "Ba'zi "Madrid" muxlislari "Klasiko" arafasida eng muhimi hisobda yirik mag'lubiyatga uchramaslik deb hisoblashgandi... Bunday fikr meni g'azablantirdi. Ko'rganimizdek, agar "Barselona"ga qarshi mardonavor o'ynasang, ularni mag'lub etish mumkin.
O'tgan o'yinda Mourinyu Flikka taktik saboq berdi va o'zining taktik qarorlari evaziga uni dog'da qoldirdi".
📰 X. M. Moreno (jurnalist): "Madrid" "Barselona"ga qarshi fantastik o'yin o'tkazdi va dunyoning eng buyuk klubiga xos tarzda harakat qildi. Mourinyu — daho. U Flikka taktik saboq berdi.
Butun jamoa "Klasiko"da yuqori saviyani namoyish etdi. Shu haftada "Barselona" ikki Yevropa giganti — "Madrid" va "PSJ"ga qarshi o'ynash nimani anglatishini o'z tajribasida bilib oldi".
📻 Ortego (Onda Cero jurnalisti): "Mourinyu "Madrid" g'alabasining asosiy ijodkorlaridan biri. U "Barselona"ni neytrallashtirdi va o'tgan o'yin uchun juda savodli taktika tanladi".
AS gazetasi direktori o‘rinbosari Ronseroning so‘zlariga ko‘ra, Mourinyu Vinisiusning «Real» tarkibidagi o‘rniga ishonch bildirmoqda.
AS gazetasi direktori o‘rinbosari Ronsero: "Mourinyu unga "Madrid"da Vinisius kerakligini va u jamoada hal qiluvchi rol o‘ynashini aniq anglab turibdi.
Shu bois portugaliyalik mutaxassis vingerga ishonch bildirishda davom etadi. U o‘z ixtiyorida "Vinisius va qolganlar" borligini juda yaxshi tushunadi. Braziliyalik futbolchining asosiy tarkibdagi o‘rniga hech qanday xavf solmayapti".
AS gazetasi direktori o'rinbosari Ronsero Rodrining "Barselona"ni tanlagani va "Real"ga o'tish imkoniyatini boy bergani haqida fikr bildirdi.
📰 AS gazetasi direktori o'rinbosari Ronsero:
Men ham minglab madridlik muxlislar kabi Rodrining transferidan juda xursand bo'lardim. Ammo kelishuv barbod bo'lganidan keyingi dastlabki xafagarchilikdan so'ng, men vaziyatni tahlil qildim va uni kengroq nuqtai nazardan baholadim.
Rodri o'zining ustuvor maqsadi "Barselona" ekanligini aytgan bo'lsa-da, dastlab u "Real" bilan yiliga 15 million yevro maosh evaziga 4 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgandi.
Ammo ma'lum bo'lishicha, keyinchalik Rodri Gvardiola, Laporta, Flik va Deku bilan ham suhbatlashgan... Va yakunda u futbol jannati bo'lmish "Real"dan voz kechishga qaror qildi. Qolaversa, buni men aytmayapman. Rodrining o'zi avvalroq "Real Madrid"ni tarixdagi eng yaxshi klub deb atagan.
Shu bois, Rodrining o'zi eng yaxshi deb bilgan jamoadan voz kechishi meni xavotirga solmaydi. U bosim kamroq bo'lgan va Chempionlar ligasidagi ko'plab muvaffaqiyatsizliklarga o'rganib qolgan "Barselona"ni tanladi. "Real"da esa La Liga o'yinidagi durang ham jiddiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin.
Keling, Rodrining pastroq saviyada o'ynash qarorini hurmat bilan qabul qilaylik. U 2027/28 yilgi mavsumda "Monjuik"da to'p surar ekan, "Bernabeu" o'zining barcha jilosi bilan porlab turadi...
Rodri — ajoyib futbolchi, ammo u hayotidagi eng katta imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Har bir buyuk o'yinchi kamida bir marta "Real" libosida maydonga tushishi kerak.
Biroq, endi juda kech. "Real Madrid" boshqa hech qachon Rodrini sotib olishga urinmaydi.
AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Mourinyoning «Real»dagi taqdimoti nima uchun o'tkazilmaganini tushuntirdi.
📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Mourinyoning «Real» bosh murabbiyi sifatidagi taqdimoti nima uchun o'tkazilmaganiga izoh berdi:
Mourinyo o'z shaxsiga bo'lgan e'tibor qanchalik katta rezonans keltirib chiqarishini yaxshi biladi. Shu bois, vazminroq ommaviy obraz tanlashi unga klubdagi ilk faoliyati davrida yo'l qo'ygan xatolaridan qochishga yordam beradi. Bu ayniqsa, Joze «Real Madrid»ni tark etgan 2012/13-yilgi mavsumga tegishli.
Mourinyo media sohasida imkon qadar vazmin bo'lishni istaydi. Hozircha esa buni a'lo darajada uddalamoqda: u xotirjamlik bilan o'yinlarga tashrif buyurmoqda, klub matbuot xizmatiga qisqa intervyular bermoqda va stadionni tark etmoqda.
Shu bilan birga, parda ortida Mourinyo avvalgidek talabchanligicha qolmoqda. U har bir detallga e'tibor qaratib, o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqda va barcha futbolchilarni o'yin tonusida ushlab turibdi.
Predrag Miyatovich va Tomas Ronsero Vinisius Juniorning "Real Madrid"dagi kelajagi hamda klub bilan shartnoma borasidagi kelishmovchiliklari haqida fikr bildirishdi.
Predrag Miyatovich (sobiq hujumchi):
Barcha narsa Vinisiusning kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish niyatida emasligini ko'rsatmoqda. O'ylaymanki, u hozirda qo'lida bo'lgan boshqa klublarning takliflarini ko'rib chiqmoqda. Qanday bo'lmasin, menimcha, boshqa jamoada asosiy yulduz bo'lgandan ko'ra, Madridda ikkinchi raqamli futbolchi bo'lish yaxshiroq. Madridni tark etgandan so'ng futbolchilar: "Real Madrid"dan ketib qanday xato qildim...", deyishadi. Men buni o'zim boshdan kechirganman. Xuddi shu holat O'zil bilan ham yuz bergan. Har qanday holatda ham, Vinisius 100 million yevrodan qimmatroq turadi deb o'ylayman. Ammo barchasi uning kelajakda Madrid uchun qanchalik muhimligiga va "Arsenal"ning uni erkin agent sifatida tekinga qo'lga kiritishi mumkinligini bilgan holda, uni sotib olishga tayyorligiga bog'liq bo'ladi.
Tomas Ronsero (AS gazetasi direktori o'rinbosari):
Ronaldu Madrid bilan so'nggi shartnomasiga ko'ra yiliga 22 million yevro olgan. U klubdan mavsumiga 30 million so'ragan, ammo rahbariyat unga: "Yo yiliga 25 million, yoki hech narsa", deb javob bergan. Natijada Krishtianu "Real Madrid"ni tark etdi. Endi xuddi shu holat Vinisius bilan sodir bo'lmoqda: klub unga 22 million taklif qilmoqda, u esa mavsumiga 30 million talab qilyapti. Madrid Diomande bilan 100 milliondan ortiq evaziga shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Agar klubda Vinisius qolishiga ishonch bo'lganida, ular buni qilarmidi...? Menda Madrid shunchaki o'zini sug'urtalayotgan degan taassurot qolmoqda.
AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Arda Gulerning «Real»dagi o'yini va uning kelajagi haqida fikr bildirdi.
📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero «Fiorentina»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlari bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Gulerning «Madrid» o'yiniga ta'siri – o'rtoqlik uchrashuvi yakunlari bo'yicha eng ijobiy jihat. 21 yoshli turkiyalik futbolchi nihoyat o'zining eng yuqori sport formasiga chiqdi, shuning uchun kecha u o'zi istagandek o'ynadi. Guler Mourinyu qo'l ostida «yangi Ozil»ga aylanadi.