Predrag Miyatovich (sobiq hujumchi):
Barcha narsa Vinisiusning kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish niyatida emasligini ko'rsatmoqda. O'ylaymanki, u hozirda qo'lida bo'lgan boshqa klublarning takliflarini ko'rib chiqmoqda. Qanday bo'lmasin, menimcha, boshqa jamoada asosiy yulduz bo'lgandan ko'ra, Madridda ikkinchi raqamli futbolchi bo'lish yaxshiroq. Madridni tark etgandan so'ng futbolchilar: "Real Madrid"dan ketib qanday xato qildim...", deyishadi. Men buni o'zim boshdan kechirganman. Xuddi shu holat O'zil bilan ham yuz bergan. Har qanday holatda ham, Vinisius 100 million yevrodan qimmatroq turadi deb o'ylayman. Ammo barchasi uning kelajakda Madrid uchun qanchalik muhimligiga va "Arsenal"ning uni erkin agent sifatida tekinga qo'lga kiritishi mumkinligini bilgan holda, uni sotib olishga tayyorligiga bog'liq bo'ladi.
Tomas Ronsero (AS gazetasi direktori o'rinbosari):
Ronaldu Madrid bilan so'nggi shartnomasiga ko'ra yiliga 22 million yevro olgan. U klubdan mavsumiga 30 million so'ragan, ammo rahbariyat unga: "Yo yiliga 25 million, yoki hech narsa", deb javob bergan. Natijada Krishtianu "Real Madrid"ni tark etdi. Endi xuddi shu holat Vinisius bilan sodir bo'lmoqda: klub unga 22 million taklif qilmoqda, u esa mavsumiga 30 million talab qilyapti. Madrid Diomande bilan 100 milliondan ortiq evaziga shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Agar klubda Vinisius qolishiga ishonch bo'lganida, ular buni qilarmidi...? Menda Madrid shunchaki o'zini sug'urtalayotgan degan taassurot qolmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!