Predrag Miyatovich «Real Madrid»ning yarim himoyadagi muammolari va jamoaning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Predrag Miyatovich («Madrid» sobiq hujumchisi): «Madrid»ga ijodkorlik muammosini hal qilish uchun faqat Bernarduning o'zi yetarlimi? Jamoada yo'q o'yinchilarni qo'msaverish kerak emas. «Madrid» Modrich va Kroos kabi futbolchilarni qayerdan topadi?! Hozir buni amalga oshirishning imkoni yo'q.
Shu sababli amaldagi futbolchilarga ishonish va ularni ketganlar bilan solishtirmaslik kerak. «Real Madrid» yarim himoyada Bernardu va Gyulerga tayanib ish ko'rishi mumkin.
Biroq, menimcha, «Madrid»ga hamon yarim himoyada dispetcher yetishmayapti, jamoa uchun bu vazifani Rodri bajara olardi»
Predrag Miyatovich va Tomas Ronsero Vinisius Juniorning "Real Madrid"dagi kelajagi hamda klub bilan shartnoma borasidagi kelishmovchiliklari haqida fikr bildirishdi.
Predrag Miyatovich (sobiq hujumchi):
Barcha narsa Vinisiusning kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish niyatida emasligini ko'rsatmoqda. O'ylaymanki, u hozirda qo'lida bo'lgan boshqa klublarning takliflarini ko'rib chiqmoqda. Qanday bo'lmasin, menimcha, boshqa jamoada asosiy yulduz bo'lgandan ko'ra, Madridda ikkinchi raqamli futbolchi bo'lish yaxshiroq. Madridni tark etgandan so'ng futbolchilar: "Real Madrid"dan ketib qanday xato qildim...", deyishadi. Men buni o'zim boshdan kechirganman. Xuddi shu holat O'zil bilan ham yuz bergan. Har qanday holatda ham, Vinisius 100 million yevrodan qimmatroq turadi deb o'ylayman. Ammo barchasi uning kelajakda Madrid uchun qanchalik muhimligiga va "Arsenal"ning uni erkin agent sifatida tekinga qo'lga kiritishi mumkinligini bilgan holda, uni sotib olishga tayyorligiga bog'liq bo'ladi.
Tomas Ronsero (AS gazetasi direktori o'rinbosari):
Ronaldu Madrid bilan so'nggi shartnomasiga ko'ra yiliga 22 million yevro olgan. U klubdan mavsumiga 30 million so'ragan, ammo rahbariyat unga: "Yo yiliga 25 million, yoki hech narsa", deb javob bergan. Natijada Krishtianu "Real Madrid"ni tark etdi. Endi xuddi shu holat Vinisius bilan sodir bo'lmoqda: klub unga 22 million taklif qilmoqda, u esa mavsumiga 30 million talab qilyapti. Madrid Diomande bilan 100 milliondan ortiq evaziga shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Agar klubda Vinisius qolishiga ishonch bo'lganida, ular buni qilarmidi...? Menda Madrid shunchaki o'zini sug'urtalayotgan degan taassurot qolmoqda.
Predrag Miyatovich «Real Madrid»dan ketish xato ekanligi va klubdagi raqobat haqida fikr bildirdi.
🎙 Predrag Miyatovich:
Ko'plab futbolchilar ketganidan keyin: «Real Madrid»dan ketib xato qildim», deb tan olishgan. Men o'zim ham buni boshdan kechirganman va xuddi shu holat Mesut O'zil bilan ham yuz bergan.
«Real Madrid»da ikkinchi bo'lish, hatto Mbappe soyasida qolsang ham, boshqa istalgan klubda birinchi bo'lishdan yaxshiroqdir.