Predrag Miyatovich: «Real Madrid» Viniusni sotishi mumkin, agar...»
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 15

Predrag Miyatovich: «Real Madrid» Viniusni sotishi mumkin, agar...»

Predrag Miyatovich («Madrid» sobiq hujumchisi):

Agar joriy mavsum «Madrid» uchun muvaffaqiyatli yakunlansa, masalan, La Liga yoki Chempionlar ligasida g'alaba qozonilsa va Vinisius asosiy rolni o'ynasa, klub uni hech qanday holatda sotmaydi.

Agar hammasi boshqacha tus olsa, «Real Madrid» braziliyalik futbolchi bo'yicha kelib tushgan takliflarni ko'rib chiqadi. O'tgan yozda klub allaqachon u bo'yicha ikkita juda jiddiy taklif olgan edi.

Vinisiusning hozirgi holati? O'ylaymanki, u biroz bo'shashib qolgan, hayotdan zavqlanish kerak deb qaror qilgan, axir u hali juda yosh.

Ammo men Vinisiusga shuni eslatib o'tmoqchimanki, faoliyatini yakunlaganidan keyin oilasi va do'stlari bilan hayotdan zavqlanish uchun hali ko'p vaqti bo'ladi. Rostini aytsam, u hozir topayotgan pulni o'shanda topa olmaydi.

Ha, albatta, dam olish va hayotdan zavqlanish kerak. Lekin shu bilan birga, qo'lingdan keladigan eng yaxshi ish bilan shug'ullanishda davom etish muhim — futbol o'ynash. Vinisius allaqachon ajoyib futbolchi ekanligini isbotlagan va «Madrid» uchun ko'p ish qilgan.

Ammo, takrorlayman, hozir jamoada boshqa, yoshroq va ambitsiyali futbolchilar bor. Bir oz bo'lsa ham bo'shashib ko'r — ular darhol tarkibdagi o'rningni egallashadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!