Federiko Valverde haqida ekspertlar fikri
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 22

Federiko Valverde haqida ekspertlar fikri

📰 B. Fernandes (jurnalist):

Valverde — "Madrid" DNKsining mukammal timsoli. Urugvaylik futbolchining yuqori saviyadagi o'yinini kuzatish qanchalik yoqimli — xoh u o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida bo'lsin, xoh markazda.

📻 Karreno (Cadena SER jurnalisti):

Valverdening ishga bo'lgan munosabati o'zgardi. O'zgarish shundaki, endi urugvaylik futbolchida o'zi ishonadigan murabbiy bor. Bunga sabab, klub Mourinyoga to'liq va so'zsiz ishonch bildirmoqda. Futbolchilar murabbiyning o'rni qaltis bo'lganda [Alonso kabi] va rahbariyat uning ortida mustahkam turganda buni his qilishadi.

Miyatovich ("Madrid" sobiq hujumchisi):

Valverde? Agar futbolchi murabbiy klubning to'liq qo'llab-quvvatlashiga ega ekanligini bilsa, u istalgan pozitsiyada o'ynashga tayyor.

📻 A. Lopes (Onda Cero jurnalisti):

Hozirgi "Madrid"da Valverde o'zini markaziy chiziqqa qaraganda o'ng qanot himoyasida yaxshiroq namoyon etmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!