Toni Kroos va Rio Ferdinand Jud Bellingem haqida fikr bildirishdi
Toni Kroos va Rio Ferdinand Jud Bellingemning o'yin sifatlari hamda unga nisbatan bo'layotgan tanqidlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Kroos: "Hisobimcha, Bellingem dunyodagi eng universal o'yinchilardan biri. U o'zining eng yaxshi sport formasida bo'lganida, men uchun u dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi. Judning Angliyadagi tanqid qilinishiga kelsak — men bilamanki, o'z vatanida futbolchilar ba'zida eng ko'p tanqidga uchrashadi"
Rio Ferdinand (Manchester Yunayted sobiq himoyachisi): "O'ylaymanki, ingliz matbuoti Bellingem haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan obraz yaratishga urinmoqda. Jurnalistlarning hech biri Judni shaxsan tanimaydi, lekin ular u o'zini qandaydir tarzda tutadi deb taxmin qilib, u haqida turli hikoyalar o'ylab topishga harakat qilishmoqda.
Ammo faqat Bellingemning o'yin sifatlari haqida gapiradigan bo'lsak, u nihoyatda jasur futbolchi. Buni hatto uning 16–17 yoshida Germaniyaga ketishga qaror qilganidan ham ko'rish mumkin. U u yerga borib, o'zini a'lo darajada ko'rsatdi, so'ngra Real Madridga o'tish imkoniyati tug'ilishi bilan darhol undan foydalandi.
Real Madridga o'tgan ko'plab futbolchilarga katta umidlar bog'langan, ammo ular yuqori darajaga chiqa olmagan. Ular bosimga bardosh bera olishmagan — klubning ulkan miqyosi ularni yutib yuborgan. Ular o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotishgan.
Ammo Bellingem har doim eng yaxshisi bo'lishni xohlaydi. U eng muhim daqiqalarda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni istaydi. Men uni katta o'yinlar futbolchisi deb bilaman.
Bundan tashqari, Jud nihoyatda universal futbolchi. Agar Bellingemdan tayanch yarim himoyachisi, markaziy yarim himoyachi, o'nlik yoki soxta to'qqizlik pozitsiyasida o'ynashni so'rasangiz, u har bir bu pozitsiyada dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'la oladi"