📰 AS xabariga ko'ra, Florentino Peres Toni Kroosning har kuni «Real Madrid» bazasida ishlashini istamoqda. Sobiq yarimhimoyachi va klub bosh direktori Xose Anxel Sanches o'rtasidagi muzokaralarga qaramay, tomonlar uning qaytishi uchun mos vaqt va nemis futbolchisi egallaydigan lavozim borasida hali bir to'xtamga kelishmagan.
Shunga qaramay, ham «Real Madrid» rahbariyati, ham Kroosning o'zi uning klubga qaytishi faqat vaqt masalasi ekanligini juda yaxshi tushunib turibdi.
Eslatib o'taman, OAV ma'lumotlariga ko'ra, 36 yoshli sobiq futbolchi oliy murabbiylik litsenziyasini olishga qaror qilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!