Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Norway — yangiliklari

Norway va bog'liq yangiliklar

Norvegiyalik muxlislar Serlotga nisbatan tahdidlar yog'dirmoqda

Norvegiyalik muxlislar Serlotga nisbatan tahdidlar yog'dirmoqda

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Serlot Angliyaga qarshi o'yindagi xatosi uchun muxlislar tomonidan jiddiy tahdidlarga uchramoqda.

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Serlot Angliyaga qarshi o'yinda (1:0) hisobni oshirish uchun qulay imkoniyatdan foydalana olmagach, muxlislar tomonidan qattiq tanqid va haqoratlarga uchradi. Oradan ko'p o'tmay, inglizlar javob golini urishdi.

Futbolchining dugonasi ijtimoiy tarmoqlarda o'ziga va hujumchiga kelgan haqoratomuz xabarlarni e'lon qildi:

«Eringga ayt, Norvegiyadan chiqib ketsin va qoyadan sakrasin».

«O'zingni o'ldir, ahmoq!».

«Umid qilamanki, sizlar qulab tushayotgan vertolyotda sekin-asta yonib ketasizlar».

Qiz tahdidlar ortidan huquqiy yordam so'rash niyatida. Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken ham ushbu holatni qoralab, o'z o'yinchilariga ijtimoiy tarmoqlardan iloji boricha uzoqroq yurishni maslahat berdi.

Bog'liq yangiliklar

Martin Edegor Norvegiya terma jamoasiga chaqirildi

Martin Edegor Norvegiya terma jamoasiga chaqirildi

Martin Edegor Norvegiya terma jamoasining Millatlar ligasi doirasidagi Daniya, Portugaliya va Uelsga qarshi o'yinlari uchun tarkibga kiritildi.

Martin Edegor Norvegiya terma jamoasining Millatlar ligasi doirasidagi Daniya, Portugaliya va Uelsga qarshi bo'lajak o'yinlari uchun tarkibga kiritildi.

Roy Kin Erling Xolandning otasiga javob qaytardi

Roy Kin Erling Xolandning otasiga javob qaytardi

Roy Kin Norvegiya terma jamoasining Angliyadan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng hakamni tanqid qilgan Erling Xolandning otasiga javob qaytardi.

Roy Kin Norvegiya terma jamoasining Angliyadan uchralgan mag'lubiyatidan (1:2) so'ng hakamni tanqid qilgan Erling Xolandning otasiga javob qaytardi.

U o'zi o'yinni eslay oladimi? U har doim o'yin paytida spirtli ichimlik ichadi. Agar ichgan bo'lsangiz, o'yinni boshqacha ko'rasiz.

Bu turtki edi — shunchaki turtki. Ba'zi qarorlar bo'yicha bahslashish mumkin, lekin hakam Norvegiyani g'alabadan mahrum qildi deb bo'lmaydi.