#Patrik Dorgu — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Patrik Dorgu o'zining sevimli pozitsiyasi haqida gapirdi

Patrik Dorgu o'zining sevimli pozitsiyasi haqida gapirdi

Patrik Dorgu o'zining sevimli pozitsiyasi va maydondagi universal o'yin uslubi haqida fikr bildirdi.

🗣️ Patrik Dorgu o'zining sevimli pozitsiyasi haqida:

Men biror doimiy pozitsiyada o'ynashni afzal ko'rgan bo'lardim.
Shunda mashg'ulotlarda hamma narsani ishlab chiqish osonroq bo'ladi. Ammo hozir ko'plab futbolchilar turli pozitsiyalarda o'ynay olishadi.
Men shunchaki maydonga tushishni xohlayman va qayerda bo'lishimning ahamiyati yo'q. Professional faoliyatimni chap qanot himoyachisi sifatida boshlaganman. Shu bois u yerda o'ynash menga odatiyroq, lekin men "Yunayted"da qilayotganimdek hujumkor vazifalarni ham bajara olaman.
Pol Skoulz Patrik Dorguning o'yinini tanqid qildi

Pol Skoulz Patrik Dorguning o'yinini tanqid qildi

Pol Skoulz Patrik Dorguning o'yinini tanqid qilib, «Manchester Yunayted»ga qishki transfer oynasida yangi qanot himoyachilari kerakligini ta'kidladi.

🗣️ Pol Skoulz Patrik Dorguning «Siti»ga qarshi o'yini haqida:

«Bugungi o'yindan so'ng, Maykl Kerrik nima uchun Dorgu o'rniga doim Lyuk Shouga ishonch bildirayotganini tushundim.

Dorgu ham hujumning chap qanotida, ham chap qanot himoyachisi pozitsiyasida dahshatli o'yin ko'rsatmoqda. Ishonchim komilki, Garri Amass bugun u yerda Dorgudan ko'ra ancha yaxshiroq harakat qilgan bo'lardi.

Yanvar oyida «Manchester Yunayted» sifatli qanot himoyachilari uchun pul sarflashi kerak, aks holda klub butunlay izdan chiqadi».
Maykl Kerrik Patrik Dorguning universal imkoniyatlari haqida gapirdi

Maykl Kerrik Patrik Dorguning universal imkoniyatlari haqida gapirdi

Maykl Kerrik Patrik Dorguning universal o'yinchi ekanligi va uning himoyadagi imkoniyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Maykl Kerrik Patrik Dorgu haqida fikr bildirdi:

U bemalol chap qanot himoyachisi sifatida o'ynay oladi, u buni avval ham bajargan. Yozda Daniya safida o'ng qanotda harakat qilib, ajoyib gol urdi, shu bilan birga himoyaning chap qanotida ham o'ynay oladi. U ko'p narsaga qodir.
Qachondir unga bu pozitsiyani yopishga to'g'ri kelishi mumkin. Ba'zida mashg'ulotlarda u o'sha yerda o'ynaydi. U hali yosh va uning salohiyatidan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishimiz kerak.
Patrik Dorgu yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi

Patrik Dorgu yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi

Patrik Dorgu yangi mavsumdagi maqsadlari, "Manchester Yunayted"dagi roli va murabbiyning ishonchi haqida gapirib o'tdi.

🗣️ Patrik Dorgu yangi mavsumdagi maqsadlari haqida:

«Men hanuzgacha "Arsenal" darvozasiga "Emireyts"da urgan o'sha golimni eslayman. Ammo xotiramda faqat o'sha lahza emas, balki o'yindan keyin murabbiyning aytgan gaplari qolgan. U meni chetga tortib, shunday dedi: "Patrik, o'zingni ko'rsatishdan hech qachon qo'rqma. Imkoniyatni ko'ryapsanmi — undan foydalan. Aynan shuning uchun ham sen shu yerdasan". Bu so'zlar menga katta ishonch bag'ishladi.
Ko'pchilik meni chap qanot himoyachisi sifatida qabul qiladi, lekin menga har doim yuqoriroqda o'ynash va jarima maydonchasiga yaqinroq bo'lish yoqadi. Men bu zonalarda o'zimga ishonaman, chunki vaziyatlar yarata olishim va to'pga yaxshi zarba bera olishimni bilaman. Murabbiy menga bu rolni ishonib topshirmoqda va men jamoaga yanada ko'proq foyda keltirib, uning ishonchini oqlamoqchiman.
Mening bu mavsumdagi maqsadim — o'sishda davom etish, ko'proq gol urish va vaziyatlar yaratish, shuningdek, "Manchester Yunayted"ga sovrinlar yutishda yordam berish. Xohlaymanki, mavsum oxirida odamlar aynan shu yili klubda chinakamiga o'rnashib olganimni ayta olishsin».
Patrik Dorgu: Brunu Fernandesh bilan bir jamoada bo'lsangiz, g'alabaga shubha yo'q

Patrik Dorgu: Brunu Fernandesh bilan bir jamoada bo'lsangiz, g'alabaga shubha yo'q

Patrik Dorgu Brunu Fernandeshning mashg'ulotlardagi ta'siri va uning o'yin uslubi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Patrik Dorgu:

Mashg'ulotlarda ko'pincha Brunu Fernandesh va Zirkze o'ynaydigan jamoalar g'alaba qozonadi. Agar Brunu sizning jamoangizda bo'lsa, g'alabaga deyarli shubha qilmasangiz bo'ladi. O'yinlar oldidan ham shunday his bo'ladimi? Albatta. U istalgan vaqtda ideal pas uzatishga, uzoq masofadan gol urishga yoki shunchaki hech narsadan golli vaziyat yaratishga qodir. Haqiqatan ham o'zgacha futbolchi.
Patrik Dorgu: Qayerda o'ynashimning farqi yo'q

Patrik Dorgu: Qayerda o'ynashimning farqi yo'q

Patrik Dorgu maydondagi pozitsiyasi haqidagi savolga javob berdi. Futbolchi murabbiy qayerda ishonch bildirsa, o'sha yerda o'ynashga tayyorligini ta'kidladi.

🗣️ Patrik Dorgu o'zining eng qulay pozitsiyasi haqida gapirdi:

Menda aniq bir afzallik yo'q. O'ylaymanki, o'tgan mavsumda ham chap, ham o'ng qanotda yaxshi o'ynadim. Murabbiy meni qayerga qo'ysa, o'sha yerda bor kuchim bilan harakat qilaman va qo'limdan kelgancha yordam berishga urinaman.

O'ng ustun yangiliklari