Simon Stoun xabariga ko'ra, Manchester United chap qanot himoyachisi transferidan voz kechib, tarkibdagi futbolchilar bilan vaziyatni hal qilishi mumkin.
🗣️ Simon Stoun xabariga ko'ra:
Karlos Baleba uchun 70 million funtgacha mablag' sarflagandan so'ng, Manchester United chap qanot himoyachisini sotib olishdan voz kechishi mumkin. Buning o'rniga klub Diogu Dalot yoki Nussair Mazrauini ushbu qanotga o'tkazish, hatto chap oyoqli Balebaning o'zidan o'sha yerda foydalanish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Diogu Dalot Ruben Amorim qo'l ostida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Kobbi Maynu haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Diogu Dalot Kobbi Maynuning Ruben Amorim qo'l ostida o'ynamayotgani haqida fikr bildirdi:
Agar rostini aytadigan bo'lsam, o'ylaymanki, bu unga foyda keltirdi. Buni aytish qiyin, chunki u fantastik futbolchi. Bu uni yanada kuchliroq qildi. Jamoa sifatida siz shunday qiyin davrlarni boshdan kechirishingiz kerak, chunki aynan o'sha damlar yaxshi lahzalarning qadriga ko'proq yetishga o'rgatadi.
Diogu Dalot «Manchester Yunayted»dagi o'yinlar va jamoaning yangi mavsumdagi ambitsiyalari haqida fikr bildirdi.
🗣️ Diogu Dalot:
«O'tgan mavsum bizga bergan eng katta ustunlik shundaki, biz uni o'zimiz haqimizda juda yaxshi taassurot qoldirgan holda yakunladik. Bu ham muxlislar, ham o'zimizda kutishlarni shakllantirdi: bu yil biz raqobatbardosh bo'la olamiz».
«Jamoada yaxshi muhit shakllanmoqda, bizda kuchli tarkib bor. Ishonchim komilki, biz to'rtta turnirda ishtirok etib, bunday tig'iz taqvimga dosh bera olamiz va har bir pozitsiyada sifatli variantlarni saqlab qolamiz».
«Manchester Yunayted»da o'ynashning asosiy qiyinchiligi haqida:
«O'ylaymanki, «Manchester Yunayted» futbolchisi uchun eng qiyini — kutishlarga dosh berish. Ayniqsa, jamoa ichiga doimiy ravishda kirib keladigan tashqi shovqinlar tufayli.
Biz har doim bu shovqinni kundalik ishlarimizdan ajratishga harakat qilamiz. Ammo bu oson emas, ayniqsa, ushbu klubda o'ynash tajribasi hali kam bo'lgan futbolchilar uchun — ular bunday vaziyatlarga to'g'ri munosabat bildirishni hali o'rganishlari kerak».
Diogu Dalot "Manchester Yunayted"ning yangi mavsumdagi maqsadlari va jamoada qurilayotgan yangi loyiha haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Diogu Dalot "Manchester Yunayted"dagi yangi mavsumdan kutayotganlari haqida gapirdi:
Mening vazifam o'zgarishsiz qolmoqda: bor kuchimni berish, klubga yordam berish hamda jismoniy va ruhiy holatimni yaxshi darajada saqlab qolish. Jamoa har bir turnirda g'alaba uchun kurasha olishi uchun to'g'ri muhitni yaratish juda muhim.
Biz kabi katta klub uchun mavsumni har qanday sovrinni yutishimizga ishonch bilan boshlash – bu minimal talab. Men haqiqatan ham hozir biz nimadir o'zgacha narsani barpo etayotganimizni his qilyapman.
Umid qilamanki, bu mavsum o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimizni tasdiqlash va oxirigacha kurashish imkonini beradi.