Leni Yoro Fransiya terma jamoasidagi debyuti haqida
Leni Yoro Fransiya terma jamoasidagi debyuti va Belgiya ustidan qozonilgan g'alaba haqida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Leni Yoro Fransiya terma jamoasidagi debyuti haqida:
«O'ylashimcha, bundan ortig'ini orzu qila olmasdim. Belgiyaga qarshi uy uchrashuvi, oilam tribunada. Bu ajoyib o'yin bo'ldi.
Albatta, biz darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishga umid qilgandik, ammo Fransiya g'alaba qozondi, shuning uchun shikoyat qilmaymiz. Bu shunchaki hayratlanarli edi».