🗣️ Maykl Kerrikning «Komo»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanidan eng muhim fikrlar:
Kadrlar bilan bog'liq vaziyat haqida:
Lisandro Martines: «Jarohat unchalik jiddiy emas, ammo hozir u tarkibda yo'q. Dam olish kunlariga qadar qayta oladimi, ko'ramiz».
Kobbi Maynu: «Uning qaytishini taxminan o'n kundan keyin kutmoqdamiz».
Lyuk Shou: «Uning tiklanishi uchun biroz ko'proq vaqt kerak bo'ladi».
Markus Reshford va Eyden Xeven: «Ikkalasi ham uyda qolishdi. Markusning son qismida muammolar bor».
Benyamin Sheshko: «Umid qilamanki, hafta oxiriga kelib jarohatining qay darajada jiddiy ekanligini yaxshiroq tushunib yetamiz».
Matteys de Ligt: «U sabrli bo'ldi, ko'p ishladi va endi o'ynashga tayyor».
Jamoadagi kayfiyat va muhit haqida:
«O'yinchilarning munosabatidan mamnunman. So'nggi o'yinlarda ular xarakter, birlik va bir-biri uchun kurashishga tayyor ekanliklarini ko'rsatishdi.
Jamoa ichida yaxshi muhit bor va biz navbatdagi o'yinni intizorlik bilan kutmoqdamiz».
Rahbariyatning qo'llab-quvvatlashi haqida:
«Shubhasiz, buni his qilyapman. Klubdagi barcha bilan munosabatlarim a'lo darajada, hech qanday muammo yo'q. Mening asosiy vazifam — g'alaba qozonish».
Ten Xagning klub haqidagi tanqidlari haqida:
«Bu Erikning fikri va men barcha holatlardan xabardor emasman, shuning uchun aralashishni to'g'ri deb bilmayman.
Shaxsan men hech qanday xavotirli signallarni ko'rmayapman. Natijalarga qaramay, jamoa ichida xotirjamlik va ishchan kayfiyat saqlanib qolgan. Biz muammolarni ochiq muhokama qilib, yechim izlayapmiz».
Mavsumning omadsiz starti haqida:
«Futbolda ko'p narsani mayda detallar hal qiladi. Ilgari bahsli vaziyatlar bizning foydamizga hal bo'lardi, endi vaziyat o'zgardi.
Menga qo'shimcha kafolatlar yoki tushuntirishlar kerak emas. Men o'z holatimni, mas'uliyatimni va o'yinlarda g'alaba qozonish zarurligini juda yaxshi tushunaman».
«Quruq» o'yinlar yo'qligi haqida:
«Himoyadagi o'yinimizni yaxshilashimiz kerak. Bu jamoa vazifasini sezilarli darajada yengillashtiradi. Ishonchim komilki, biz yana g'alaba qozonishni boshlaymiz va muvaffaqiyatli seriya qayd eta olamiz».
Chap qanot himoyachisini sotib olish kerakmidi degan savolga:
«Jarohatlardan keyin har doim qanday qarorlar qabul qilish kerak edi, deb mulohaza yuritish mumkin.
Ammo yozda biz transfer oynasidan maksimal darajada samarali foydalanishga harakat qildik. Imkon qadar barchasini qildik deb hisoblayman».
Komodagi kuchli yomg'ir haqida:
«Bu meni umuman tashvishlantirmaydi. Biz yomg'ir ostida o'ynashga o'rganganmiz va sharoitlarga moslasha olamiz».