«Barselona» qishda markaziy himoyachi izlamoqchi
«Barselona» qishki transfer oynasida tajribali va chap oyoqli markaziy himoyachi izlamoqda. Nomzodlar orasida Bastoni, Shlotterbek va Lisandro Martines bor.
Ferran Martines va Rojer Torello xabariga ko'ra, agar moliyaviy holat imkon bersa, «Barselona» qishda markaziy himoyachi sotib olishga urinib ko'radi. Klub tajribali va o'zini ko'rsatgan, himoyaga barqarorlik hamda ishonch olib kira oladigan chap oyoqli himoyachini qidirmoqda.
Ayni damda bozorda «Barselona»ga mos keladigan uch nafar futbolchi bor: Bastoni, Shlotterbek va Lisandro Martines.
Bastoni hamon «Barselona»ga o'tishga ochiq, uning transfer qiymati 40 million atrofida bo'lishi mumkin, chunki «Inter» bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yarim yil qolgan.
Niko Shlotterbek Flikka ma'qul keladigan sifatlarga ega. Bundan tashqari, u ham markaziy himoyada, ham chap qanotda o'ynay oladi. Asosiy muammo — moliyaviy jihat. Uning transferi taxminan 60 million yevroga tushishi mumkin.
Lisandro Martines — yana bir variant. Biroq Pochettino kelishi uning Manchesterdagi holatini yaxshilashi mumkin, «Yunayted» esa uning shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirish imkoniyatiga ega. Shunga qaramay, argentinalik futbolchi «Barselona»dan tushadigan taklifni ko'rib chiqishga tayyor. U sport rahbariyati qidirayotgan profilga mos keladi.
Lukeba va Natan esa ko'zdan g'oyib bo'lishdi va hozirda «Barselona»da ko'rib chiqilmayapti.