#Alessandro Bastoni — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Barcelona qishda himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi

Barcelona qishda himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barselona» qishki transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Klub nishonida to'rt nafar himoyachi bor.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barselona» yanvar oyida himoyani kuchaytirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

«PSJ» va Madridning «Real» klublariga qarshi o'yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng, «Barselona» qishki transfer oynasi vaqtida himoya chizig'ini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Klub nishonida to'rt nafar himoyachi turibdi:

Josko Gvardiol — «Manchester Siti»
Alessandro Bastoni — «Inter»
Lisandro Martines — «Manchester Yunayted»
Natan — «Real Betis»

«Barselona»ga o'tishdan so'ng darhol jamoaga foyda keltira oladigan tajribali markaziy himoyachi kerak.

Biroq, bitimlarni amalga oshirish imkoniyati boshqa o'yinchilarning ketishi va klubning moliyaviy resurslariga bog'liq bo'ladi.

Manuel Akanji: «Biz xarakterimizni ko'rsatdik»

Manuel Akanji: «Biz xarakterimizni ko'rsatdik»

Manuel Akanji «Bryugge» bilan o'yindan keyingi g'alaba va jamoaning ko'rsatgan xarakteri haqida gapirdi.

Manuel Akanji: «Bugun oson bo'lmadi. Bastonining chetlatilishi? Bu ikkinchi sariq kartochka edi, birinchisi nima uchun ko'rsatilganini tushunmadik. Bugun biz xarakter ko'rsatdik, bu jamoa qanday qilib yasalganini namoyish etdik. Hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishimiz mumkin edi.

Biz «Bryugge»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng munosabat bildirishimiz kerak edi, bugun g'alaba qozonish fundamental darajada muhim edi. Yuqori pressing? Ba'zida raqiblarga ochilishga imkon berishimiz kerak, biz har doim ham bunchalik yuqori chiqmasligimiz kerak, ba'zida qarshi hujum uchun kuch tiklash va juda ko'p bo'sh joy qoldirmaslik lozim».

O'ng ustun yangiliklari

Fabio Kapello: "Inter"ga yana bir markaziy himoyachi kerak"

Fabio Kapello: "Inter"ga yana bir markaziy himoyachi kerak"

Fabio Kapello "Inter" himoyasi va Hakan Chalxanog'lu haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Fabio Kapello: "Bastoni to'p bilan ishlashda juda yaxshi, ammo bevosita himoyalanishi kerak bo'lgan vaziyatlarda u qadar ishonchli emas. Shu sababli, menimcha, "Inter"ga yana bir markaziy himoyachi kerak.

Hujum chizig'ida "Inter"da barchasi joyida, yarim himoyada ham. Qolaversa, menimcha, jamoaning navbatdagi xaridi Chalxanog'lu bo'lishi mumkin — bunga yaqin orada imzolanishi kutilayotgan yangi shartnoma ham yordam beradi.

Hozircha biz o'zimiz o'rgangan Chalxanog'luni ko'rmadik".