Alessandro Bastoni: «Bu yil ko'plab individual xatolar kuzatildi. Ammo gap psixologiyada. Men buni taktik yoki texnik muammo deb o'ylamayman, nazarimda, bu aynan psixologiya. Mag'rurlikka [yuzakilikka] ishonmayman, jamoaning maydonga noto'g'ri kayfiyatda yoki diqqatni jamlamay chiqqanini hech qachon ko'rmaganman. Buni istisno qila olaman deb o'ylayman.
Ehtimol, bizda xavf hissi pasaygandir, biz doimo bizga gol urish qiyin deb o'ylaymiz va oddiy narsalarda xatoga yo'l qo'yamiz. Raqib bizga nimadir yaratgani uchun emas, balki biz oddiy vaziyatlarda xato qilganimiz uchun gol urmoqda. Taktik va texnik darajada ishlash osonroq, psixologik jihatdan esa qiyinroq».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!