#Manuel Akanji — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Manuel Akanji penaltilarni ijro etishdan voz kechdi

Manuel Akanji penaltilarni ijro etishdan voz kechdi

Shveytsariya terma jamoasi himoyachisi Manuel Akanji penaltilarni ijro etishdan voz kechganini ma'lum qildi.

Manuel Akanji penaltilarni ijro etishdan voz kechganini ma'lum qildi:

Manuel Akanji: «Men boshqa hech qachon penalti tepmayman. Kolumbiyaga qarshi o'yinda meni o'tkazib yuborilgan gol emas, balki zarba oldidan bo'lgan ikkilanishlarim ko'proq xafa qildi, ayniqsa, bungacha Shveytsariya safida ikki marta penaltidan xato qilganimni hisobga olsak. Agar yaxshi zarba bersam-u, darvozabon qaytarsa, buni qabul qilaman. Ammo zarba oldidan shubhalar meni yeb bitirishini qabul qila olmayman. Bas, yetarli: men 120 daqiqa davomida kurashaman, penaltilarni esa bundan buyon jamoadoshlarimga qoldiraman».

O'ng ustun yangiliklari

Manuel Akanji: "Inter"da hujumkor futbol o'ynaymiz"

Manuel Akanji: "Inter"da hujumkor futbol o'ynaymiz"

Manuel Akanji "Inter"dagi o'yin uslubi va himoyadagi muammolar haqida fikr bildirdi.

"Biz juda ko'p gol o'tkazib yuboryapmizmi? Ammo odatda bizga o'yin borishini o'zgartirish nasib qiladi va bu ijobiy jihat. Shunga qaramay, biz o'yinni "quruq" o'tkazganimizda xursand bo'laman, chunki himoyachining maqsadi imkon qadar kamroq gol o'tkazishdir. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, "Inter"da biz boshqacha, hujumkorroq futbol o'ynaymiz".

Manuel Akanji
Manuel Akanji: "Manchester City tarkibi yanada kuchaydi"

Manuel Akanji: "Manchester City tarkibi yanada kuchaydi"

Manuel Akanji Jon Stounzning moslashuvi va Manchester City'ning joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Manuel Akanji jamoadoshi Jon Stounzning moslashuvi va Manchester City'ning joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi:

Men Stounzga imkon qadar tezroq moslashib ketishiga yordam berishga harakat qilyapman. Uni mashg'ulotlarga olib bordim, bir nechta restoranlarni ko'rsatdim. O'tgan yilgiga qaraganda kuchliroqmizmi? Tarkibimiz jarohatlar ehtimolini inobatga olgan holda yanada kengaygandek tuyulmoqda. Ammo biz kuchimizni maydonda isbotlashimiz kerak. Menda ajoyib hislar bor, jamoa haqiqatan ham juda kuchli ko'rinmoqda.