Manuel Akanji penaltilarni ijro etishdan voz kechdi
Internazionale Milano ↗ ●●●●● Matbuot 👁 3

Manuel Akanji penaltilarni ijro etishdan voz kechdi

Manuel Akanji penaltilarni ijro etishdan voz kechganini ma'lum qildi:

Manuel Akanji: «Men boshqa hech qachon penalti tepmayman. Kolumbiyaga qarshi o'yinda meni o'tkazib yuborilgan gol emas, balki zarba oldidan bo'lgan ikkilanishlarim ko'proq xafa qildi, ayniqsa, bungacha Shveytsariya safida ikki marta penaltidan xato qilganimni hisobga olsak. Agar yaxshi zarba bersam-u, darvozabon qaytarsa, buni qabul qilaman. Ammo zarba oldidan shubhalar meni yeb bitirishini qabul qila olmayman. Bas, yetarli: men 120 daqiqa davomida kurashaman, penaltilarni esa bundan buyon jamoadoshlarimga qoldiraman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!