#Juzeppe Marotta — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Inter Mario Ermoso bilan qiziqmoqda

Inter Mario Ermoso bilan qiziqmoqda

«Inter» Mario Ermosoga qiziqish bildirmoqda. «Roma» himoyachisi milanliklar uchun muqobil variant sifatida ko'rilmoqda.

«Inter» Mario Ermoso bilan qiziqib qoldi. «Roma» safida asosiy o'yinchilardan biriga aylangan ispaniyalik himoyachi Juzeppe Marotta diqqat markaziga tushdi.

La Repubblica xabariga ko'ra, Kristian Kivu markaziy himoyachi so'ragan va asosiy nomzod sifatida «Latsio»dan Oliver Provstgorni ko'rsatgan. Biroq daniyalik futbolchining narxi qariyb 40 million yevroni tashkil etadi, shu bois «Inter» rahbariyati muqobil variantlarni ko'rib chiqishga majbur. Ular orasida «Roma» bilan shartnomasi 2027-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan Ermoso ham bor.

«Roma» ispaniyalik futbolchini yangi shartnoma bilan taqdirlash va ehtimol, uning maoshi shartlarini qayta ko'rib chiqish niyatida. «Inter» esa vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.

Juzeppe Marotta: Lautaro Martines «Barselona»ga o'tishni istamadi

Juzeppe Marotta: Lautaro Martines «Barselona»ga o'tishni istamadi

«Inter» direktori Juzeppe Marotta hujumchi Lautaro Martinesning «Barselona»ga o'tish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Juzeppe Marotta:

Lautaro Martines «Barselona» bilan hech qanday aloqa yoki muzokaralar olib borishni istamadi.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar ham imkonsiz edi. Lautaro — yuqori saviyadagi futbolchi va agar biz sovrinlar yutmoqchi bo'lsak, u bizga kerak.

O'ng ustun yangiliklari

Inter futbolchilari va rahbariyati Premio Gentleman mukofotiga sazovor bo'lishdi

Inter futbolchilari va rahbariyati Premio Gentleman mukofotiga sazovor bo'lishdi

Inter futbolchilari va rahbariyati Milanda bo'lib o'tgan 31-Premio Gentleman Fair Play marosimida turli nominatsiyalarda g'olib bo'lishdi.

Premio Gentleman Fair Play — bu har yili Italiyada o'tkaziladigan nufuzli mukofot bo'lib, u futbolchilar va sport arboblariga statistik ko'rsatkichlari uchun emas, balki maydonda va undan tashqarida ko'rsatgan namunali xulq-atvori, fair play tamoyillariga sodiqligi hamda raqibga bo'lgan hurmati uchun topshiriladi. 7-oktyabr kuni Milanda ushbu mukofotning 31-marosimi bo'lib o'tdi.

Federiko Dimarko asosiy nominatsiya — Gentleman Lega Serie A g'olibi deb topildi.

Piotr Zelinski dubl qayd etib, ichki klub mukofoti bo'lgan «Gentleman Inter»ni, shuningdek, 2025/26-yilgi mavsumdagi «Inter»ning eng yaxshi goli uchun sovrinni (mehmonda «Verona»ga qarshi o'yinda urgan chiroyli goli uchun) qo'lga kiritdi.

Mattia Moskoniga «Gentleman Rivelazione Inter» (Interdagi mavsum kashfiyoti) mukofoti topshirildi. O'tgan mavsumda u A Seriyada asosiy jamoa safida debyut qilgan edi.

Juzeppe Marotta xalqaro sport matbuoti assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda topshiriladigan maxsus xalqaro «Premio Gentleman Internazionale AIPS» mukofotiga loyiq ko'rilgan.

Ivan Zazzaroni: Marotta va Ausilio o'rtasidagi munosabatlar sovuqlashgan

Ivan Zazzaroni: Marotta va Ausilio o'rtasidagi munosabatlar sovuqlashgan

Ivan Zazzaroni Marotta va Ausilio o'rtasidagi munosabatlar haqida fikr bildirdi.

Ivan Zazzaroni: «O'zaro munosabatlar Marotta va Ausilio o'rtasida allaqachon bulutsiz emasdi. Juzeppening strategiyasini tasavvur qilib ko'ring: 2-iyul kuni u shartnomani bir yilga uzaytirishni taklif qiladi, qachonki siz shartnomani atigi bir yilga taklif qilsangiz, shu bilan siz: «men uchun bu hikoya tugadi» demoqchi bo'lasiz. Ular o'rtasida avvalgi o'zaro tushunish qolmagandi, u yo'q edi».