Inter futbolchilari va rahbariyati Premio Gentleman mukofotiga sazovor bo'lishdi
Inter futbolchilari va rahbariyati Milanda bo'lib o'tgan 31-Premio Gentleman Fair Play marosimida turli nominatsiyalarda g'olib bo'lishdi.
Premio Gentleman Fair Play — bu har yili Italiyada o'tkaziladigan nufuzli mukofot bo'lib, u futbolchilar va sport arboblariga statistik ko'rsatkichlari uchun emas, balki maydonda va undan tashqarida ko'rsatgan namunali xulq-atvori, fair play tamoyillariga sodiqligi hamda raqibga bo'lgan hurmati uchun topshiriladi. 7-oktyabr kuni Milanda ushbu mukofotning 31-marosimi bo'lib o'tdi.
Federiko Dimarko asosiy nominatsiya — Gentleman Lega Serie A g'olibi deb topildi.
Piotr Zelinski dubl qayd etib, ichki klub mukofoti bo'lgan «Gentleman Inter»ni, shuningdek, 2025/26-yilgi mavsumdagi «Inter»ning eng yaxshi goli uchun sovrinni (mehmonda «Verona»ga qarshi o'yinda urgan chiroyli goli uchun) qo'lga kiritdi.
Mattia Moskoniga «Gentleman Rivelazione Inter» (Interdagi mavsum kashfiyoti) mukofoti topshirildi. O'tgan mavsumda u A Seriyada asosiy jamoa safida debyut qilgan edi.
Juzeppe Marotta xalqaro sport matbuoti assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda topshiriladigan maxsus xalqaro «Premio Gentleman Internazionale AIPS» mukofotiga loyiq ko'rilgan.