Joan Laporta Lautaro Martinesni nega sotib ololmaganini tushuntirdi
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 11

Joan Laporta Lautaro Martinesni nega sotib ololmaganini tushuntirdi

Joan Laporta: «Bu rost, men Lautaroni qanday bo'lmasin qo'lga kiritmoqchi edim. U ajoyib futbolchi va biz uni qo'ldan boy bermoqchi emasdik. Shu bois men prezident Marottaga qo'ng'iroq qildim, u esa menga o'yinchi sotilmasligini aytdi. Shuningdek, u hech qanday sharoitda futbolchi ketish-ketmaslik masalasini hal qilmasligini, chunki «Inter» uni saqlab qolishni istashini bildirdi. Shu sababli, men juda qadrlaydigan Juzeppe oldidagi hurmatim yuzasidan biz shu bosqichda to'xtadik».

❓Odatda «Barselona» qaysidir o'yinchini xohlasa, oxir-oqibat uni sotib oladi. Nega bu safar bunday bo'lmadi?

Joan Laporta: «Hammasi qanday bo'lganini aytib beraman. Bir kuni men Juzeppe Marottaga qo'ng'iroq qildim. Faqat men va u, hech qanday vositachilarsiz. Men unga Lautaroni o'z jamoamda ko'rishni juda istashimni va bu o'yinchini yuqori baholashimni aytdim. Biroq u hatto gapimni oxirigacha eshitmadi. U o'yinchi sotilmasligini va ketish-ketmaslik masalasini u hal qilmasligini aniq tushuntirdi. Shunda men har qanday o'ylarni to'xtatdim. Oldinga siljishning imkoni yo'q edi. Men va Marotta o'rtasida o'zaro ishonchga asoslangan munosabatlar shakllangan. Biz unga va «Inter»ga bo'lgan hurmat tufayli muzokaralarni davom ettirmadik».

❓Ehtimol, siz Chempionlar ligasida Lautaro bilan raqib sifatida to'qnash kelarsiz.

Joan Laporta: «Bu sodir bo'lishi mumkin. Qiziqarli bo'lardi. Bu biz uchun juda muhim bo'lgan turnir».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!