Rasman: «Inter» va Piero Auzilio bugundan e'tiboran o'zaro kelishuvga ko'ra xayrlashishga qaror qilishdi.
Auzilio klub tizimida qariyb 28 yil ishladi. Piero ko'plab mavsumlar davomida tashkiliy masalalar bo'yicha kotib, so'ngra yoshlar sektori direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2014-yilning fevral oyida u sport direktori hamda texnik qism uchun mas'ul etib tayinlangandi. Ushbu muhim rolda u to'qqizta sovrin: 3 ta Skudetto, 3 ta Italiya Kubogi va 3 ta Italiya Superkubogini qo'lga kiritishga o'z hissasini qo'shgan. Shuningdek, uning mehnati evaziga klub uchta yevrokubok finaliga: ikkita Chempionlar ligasi va bitta Yevropa ligasi finaliga qadar yetib borgan.
«Men butun klub, egalar va «neradzurrilar»ning katta oilasidagi har bir xodim nomidan Pieroga minnatdorchilik bildiraman. Bizni u bilan quvonchli damlar, g'alabalar, shiddatli mehnat va katta ishtiyoq bog'lab turadi», — dedi Juzeppe Marotta.
Birinchi jamoa va texnik qism bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotgan Dario Bachchin bugundan e'tiboran sport direktori lavozimini egallaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!