Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Dinamo Sanarqand — yangiliklari

Dinamo Sanarqand va bog'liq yangiliklar

Navbahor 3:2 Dinamo: Namanganliklar irodali g'alabaga erishdi

Navbahor 3:2 Dinamo: Namanganliklar irodali g'alabaga erishdi

Superliga 22-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Dinamo" uchrashuvi 3:2 hisobida yakunlandi. Namanganliklar irodali g'alabani tantana qilishdi.

Superliga 2026-yilgi mavsum 22-turidan o'rin olgan "Navbahor" va "Dinamo" jamoalari o'rtasidagi bahs qiziqarli kechdi.

Uchrashuvda namanganliklar irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. O'yin hisobini 7-daqiqada Azizbek Amonov ochgan bo'lsa, 22-daqiqada Shohruh Abdurahmonov muvozanatni tikladi. 26-daqiqada Jaloliddin Jumaboyev mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi. Biroq, 39-daqiqada Georgi Jgerenaia hisobni tenglashtirdi, 41-daqiqada esa Shohruh Abdurahmonov dublni rasmiylashtirib, jamoasiga g'alaba keltirdi.

Uchrashuv yakuniy hisobi: 3:2.

Dinamo 0:0 Paxtakor: Superliga 19-tur uchrashuvi yakunlandi

Dinamo 0:0 Paxtakor: Superliga 19-tur uchrashuvi yakunlandi

Superliga 19-turidan o'rin olgan Dinamo va Paxtakor jamoalari o'rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi.

⚽️ Superliga, 19-tur

Dinamo - Paxtakor 0:0

Hakamlar: I.Tantashev, A.Sapenko, T.Gaynullin, D.Amonov.

Dinamo: Nemanov, Radayev, Shtefan, Amonov, Jumaboyev, Abdusalomov, Xudoyberdiyev, O'rmonjonov, Stanoevich, Xaydarevich, Abdurahmonov.
Paxtakor: Quvvatov, Saitov, Abdumajidov, Mozgovoy, Nasrullayev, Bo'riyev, Sobirxo'jayev, Ibragimov, Erkinov, Flamarion, Chinedu.

46' Ikkinchi bo'limga start beramiz. Shunisida ishimiz o'xshasinda.

Laylo Tasheva: Sobiq jamoam darvozasiga gol urish oson kechmadi

Laylo Tasheva: Sobiq jamoam darvozasiga gol urish oson kechmadi

Dinamo-W futbolchisi Laylo Tasheva sobiq jamoasiga qarshi kechgan bahs va kiritilgan gol haqida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Dinamo-W jamoasi futbolchisi Laylo Tasheva o'tgan uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

To‘g‘risi, o‘yin oson kechmadi. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun oxirigacha kurashdi. Qiyin bahs bo‘ldi, lekin qizlarimiz so‘nggi daqiqalargacha harakat qilishdi va yakunda g‘alaba qozondik. Jamoamizni ushbu muhim g‘alaba bilan tabriklayman.
Bugun sobiq jamoam darvozasiga gol urdim. Albatta, Dinamoga yordam berganim va gol kiritganimdan xursandman. Lekin raqib mening sobiq jamoam bo‘lgani uchun goldan keyin ichimdan biroz boshqacha hissiyotlar o‘tdi.
Dinamo ikki futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi

Dinamo ikki futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi

Samarqandning Dinamo klubi Davlatbek Qo'ldoshev va Hojiahmad Husanovni O'zbekiston Professional futbol ligasi ro'yxatidan o'tkazdi.

Samarqandning Dinamo klubi ikki nafar futbolchini O'zbekiston Professional futbol ligasi ro'yxatidan o'tkazdi.

Unga ko'ra, Davlatbek Qo'ldoshev va Hojiahmad Husanov jamoa tarkibida rasman ro'yxatdan o'tishdi. Futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar 2026-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi.

Andrey Lunyov jarohat olib, bir oyga safdan chiqdi

Andrey Lunyov jarohat olib, bir oyga safdan chiqdi

«Dinamo» darvozaboni Andrey Lunyov mashg'ulotda jarohat oldi va taxminan bir oyga safdan chiqdi.

⚽️ «Dinamo» darvozaboni Andrey Lunyov mashg'ulot vaqtida boldir mushagini jarohatlab oldi. 34 yoshli posbon o'tgan mavsumda ham aynan shu jarohatdan aziyat chekkan edi. Noqulay vaziyat Kaliningraddagi o'yindan ikki kun oldin yuz berdi va futbolchi jamoa bilan safarga bormadi.

«Karp» xabariga ko'ra, darvozabon jarohatdan qattiq tushkunlikka tushgan. Dastlabki prognozlarga ko'ra, Lunyov 3-4 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. U RPL doirasidagi «Baltika», «Maxachqala» va «Zenit»ga qarshi, shuningdek, Rossiya Kubogi doirasidagi «Fakel» va «Krasnodar» bilan bahslarni o'tkazib yuboradi.

Endi asosiy savol shuki, Shvars Lunyov o'rniga kimni maydonga tushiradi — Leshukmi yoki Rasulovni?

Duglas Maykon - «Qizilqum» futbolchisi!

Duglas Maykon - «Qizilqum» futbolchisi!

O'tgan yili Samarqandning «Dinamo» jamoasida harakat qilgan brazilyalik yarim himoyachi Duglas Maykon endilikda "oltin izlovchilar" sharafini himoya qiladi. Futbolchi klub rahbariyati bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzoladi.


📌 O'tgan yili Samarqandning «Dinamo» jamoasida harakat qilgan brazilyalik yarim himoyachi Duglas Maykon endilikda "oltin izlovchilar" sharafini himoya qiladi. Futbolchi klub rahbariyati bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzoladi.

📋 Eslatib o'tamiz, Duglas Maykon hozirgacha Superliga bahslarida 22 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini bir bor ishg'ol etgan. Qolaversa futbolchi O'zbekiston kubogi musobaqasida ham uch bor maydonga tushishga ulgurgan.

Bog'liq yangiliklar

Qo'qon-1912 1:1 Dinamo: Superliga 20-turidan o'rin olgan bahs durang bilan yakunlandi

Qo'qon-1912 1:1 Dinamo: Superliga 20-turidan o'rin olgan bahs durang bilan yakunlandi

Superliga 20-turidan o'rin olgan Qo'qon-1912 hamda Dinamo jamoalari o'rtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Superliga, 20-tur

Qo'qon-1912 ⚔️ Dinamo 1:1

Uchrashuv yakunlandi. Afsuski jamoamiz bugun durang o'ynadi. G'alabaga teng durang uchun futbolchilarimizga rahmat aytamiz. Deyarli 80 minut bir kishi kam o'ynadik va bugun durang o'ynadik.

Feruza Turdiboyeva: Lokomotiv jamoasiga moslashishim oson kechdi

Feruza Turdiboyeva: Lokomotiv jamoasiga moslashishim oson kechdi

Dinamo-W ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Lokomotiv-W futbolchisi Feruza Turdiboyeva o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Feruza Turdiboyeva (Dinamo-W 1:2 Lokomotiv-W o'yini qahramoni):

Ikkinchi davrada Lokomotiv jamoasiga kelib qo'shildim. Jamoaning ichki muhiti juda yaxshi. Uzoq vaqtdan beri futbolda bo'lganim sabab ushbu jamoa a'zolari bilan yaxshi tanish edim. Bu ham moslashib ketishimga katta yordam berdi. Bir so'z bilan aytganda jamoa menga yoqdi.

Bugun Dinamoga qarshi qiyin o'yin bo'ldi. Juda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Ammo, o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqib yaxshi qarshilik ko'rsata oldi. Shunga qaramay g'alaba qozonishni uddaladik. Bundan xursandman. Jamoadoshlarimni va jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

Jahongir O'rozov faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

Jahongir O'rozov faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

Dinamo futbolchisi Jahongir O'rozov faoliyatini Rossiyaning Rubin klubida davom ettiradi. Futbolchi Qozon klubiga mavsum yakunigacha ijaraga berildi.

Dinamo futbolchisi Jahongir O'rozov faoliyatini Rossiyaning Rubin klubida davom ettiradi. Futbolchi Qozon klubiga mavsum yakunigacha ijaraga berildi.

Superliga: Dinamo Qo'qon-1912 ustidan g'alaba qozondi

Superliga: Dinamo Qo'qon-1912 ustidan g'alaba qozondi

Superliganing 14-turida Dinamo o'z maydonida Qo'qon-1912 jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Superliga. 14-tur

Dinamo 3:2 Qo'qon-1912

Gollar: Javohir Xusanov, 2 (0:1), Anvarjon Hojimirzayev, 7 (1:1), Anvarjon Hojimirzayev, 30 penalti (2:1), Sanjar Qodirqulov, 69 (3:1), Silvanus Nimeli, 71 (3:2)