#Timur Mamasidiqov — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Superliganing 18-tur ramziy terma jamoasidan «Buxoro» vakillari o'rin oldi

Superliganing 18-tur ramziy terma jamoasidan «Buxoro» vakillari o'rin oldi

O'zPFL talqiniga ko'ra, «Buxoro» futbolchilari Timur Mamasidiqov va Vladimir Rodich Superliganing 18-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi.

O'zPFL talqiniga ko'ra, «Buxoro» futbolchilari Timur Mamasidiqov va Vladimir Rodich Superliganing 18-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi. ⚽️

O'ng ustun yangiliklari

Bunyodkor 2:1 Buxoro: Aleksandr Xomyakov mag'lubiyat sabablarini tushuntirdi

Bunyodkor 2:1 Buxoro: Aleksandr Xomyakov mag'lubiyat sabablarini tushuntirdi

Superliga 22-turida "Bunyodkor" "Buxoro"ni mag'lub etdi. Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida jamoasining o'yini va mag'lubiyat sabablari haqida gapirdi.

Superliga 22-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Uchrashuvda Shahzodjon Ne’matjonov (8-daqiqada 1:0), Temur Mamasidiqov (34-daqiqada 1:1) va Abdulhamid Ikromov (45+1-daqiqada 2:1) gol mualliflari bo'lishdi.

Raqib jamoani tabriklaymiz. Ularning so'nggi o'yinlarda borgan sari yaxshilanib borayotgani ko'rinib turgandi, murabbiy kelishi bilan, hissiyotlar... Yosh yigitlar harakat qilishyapti, bor kuchlarini berishyapti, futbol o'ynashni xohlashyapti va bu o'z natijasini beryapti. Biz haqimizda esa nimayam derdim... Agar siz hali g'alaba qozonmagan bo'lsangiz, unda biz siz bilan o'naymiz. Yordam beramiz va g'alaba qozonasiz.
Birinchi bo'limdagi daxshatli o'yin, umuman tushunarsiz o'yin bo'ldi. 45-daqiqadagi ahmoqona gol, bunday gollar bizda allaqachon odatga aylanib qolgan. Birinchi 10 daqiqada albatta gol o'tkazib yuborishimiz kerak o'zi. Odatda o'zimizga o'zimiz urardik, bugun raqib urdi. Shuning uchun ofarin "Bunyodkor". Yigitlar harakat qilishdi, ular bizni haqli ravishda mag'lub etishdi deb hisoblayman, - deya gap boshladi Aleksandr Xomyakov.

Murabbiy o'yin davomida darvozabonning ishi va jamoaning psixologik holati haqida ham to'xtalib o'tdi:

Darvozabon uzoq vaqt o'ynamagani, o'yin amaliyotisiz qolgani ko'rinib turgandi. Epizodlarda uning asabiylashayotgani ham sezildi. Shuning uchun ha, u yaxshiroq o'ynashi mumkin edi. Lekin umuman olganda, uni ayblashdan foyda yo'q, butun jamoa rasvo o'ynadi. Yana bir bor aytaman, ayniqsa birinchi bo'limda. Sabablari tushunarli. Hamma mutaxassislar bizning jamoalarga tayyorgarlik ko'rayotganda sabab nima ekanini ko'rishadi. Biz o'zimizni futbolchi hisoblay boshladik, futbol o'ynay olamiz deb o'ylab qoldik. Muammo mana shunda. Biz jang qilishni to'xtatdik, yakkakurashlarda yutishni to'xtatdik.

Xomyakov jamoaning yetakchilari o'yini va himoyadagi muammolarga ham urg'u berdi:

Ular yosh bolalar, garchi biz bu haqda ogohlantirgan bo'lsak ham. Agar biz ularga o'yin ritmini his qilishlariga va o'yinlari qovushayotganini sezishlariga yo'l qo'yib bersak - ular shunday o'ynashda davom etishadi. Afsuski, ularga shunday o'ynashga o'zimiz yo'l qo'yib berdik. Biz barcha kurashlarni yutqazdik. Bizda markaziy yarim himoyachilar yo'q edi, jamoaga olov beradigan, shu orqali jamoa o'ynab, ochko yig'adigan yigitlar yo'q edi. Himoyadagi qatiy o'yin - biz har o'yinda gol o'tkazyapmiz.