Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Bunyodkor — yangiliklari

Bunyodkor va bog'liq yangiliklar

Muhammadali G'iyosov klub qarorgohiga qaytdi

Muhammadali G'iyosov klub qarorgohiga qaytdi

Jarohat olgan "Navbahor" vingeri Muhammadali G'iyosov shifoxonadan chiqib, klub qarorgohiga qaytdi. Futbolchi shifokorlar nazoratida qolmoqda.

"Bunyodkor" jamoasiga qarshi o'yin startini yuqori tempda boshlab, dastlab gol urib, keyin penalti ishlab, eng yaxshi o'yinchi bo'lib turgan, jamoamizning tezkor vingeri Muhammadali G'iyosov o'yinning 35-daqiqasida jarohat olib o'yingohdan tez tibbiy yordam mashinasida olib ketilgan edi.

Shifoxonaga olib ketilgan G'iyosov bir muddat shifoxonada bo'ldi. Unga zaruriy tibbiy yordam va muolajalar qilinib, futbolchining holati nazoratga olindi. Muhammadali bir nechta tibbiy ko'riklardan o'tkazildi. Hozirda futbolchi klub qarorgohiga qaytib keldi. U o'zini yaxshi his qilmoqda. Shunday bo'lsa-da, klub shifokorlari nazoratida turibdi. Umid qilamizki, Muhammadali G'iyosov tez orada jamoa safiga qaytadi. Futbolchi qachondan mashg'ulotlarga qo'shilishi tibbiy ko'riklarning natijasidan keyin ma'lum bo'ladi.

Muhammadaliga salomatlik tilaymiz!
Kostromaning «Spartak» klubi ochkolaridan mahrum etilishi mumkin

Kostromaning «Spartak» klubi ochkolaridan mahrum etilishi mumkin

Kostromaning «Spartak» klubi legioner bilan bog'liq qoidabuzarlik tufayli ochkolaridan mahrum etilishi yoki turnirdan chetlatilishi mumkin.

«Spartak» klubi legioner bilan bog'liq muammo tufayli 5 ochkodan mahrum etilishi mumkin: Kostroma jamoasi tarkibida ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo'lmagan xorijlik futbolchi ketma-ket 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Gap yaqinda «Bunyodkor»dan o'tgan chernogoriyalik Marko Bugarin haqida bormoqda.

Uning Rossiyada qonuniy ishlashi uchun hujjatlar Ichki ishlar vazirligida ko'rib chiqilmoqda va futbolchi ularni hali qo'liga olmagan. Demak, u futbol o'ynash huquqiga ega emas. Biroq, Marko «Tekstilshik» (0:0), «Yenisey» (2:2) va «SKA-Xabarovsk» (3:1)ga qarshi o'yinlarda maydonga tushdi.

Shunday qilib: agar «Spartak» legionerdan qoidalarga zid ravishda foydalangani isbotlansa, jamoaga 3 ta texnik mag'lubiyat (0:3) yozilishi kerak. Bu Kostroma jamoasini 5 ochkodan mahrum qilib, turnir jadvalida 15-o'ringa tushirib yuboradi, Krasnoyarsk klubini esa 3-o'ringa ko'taradi.

Karp xabariga ko'ra, agar klub FNLga Bugarin uchun soxta yoki qoidabuzarlik bilan olingan ish ruxsatnomasini taqdim etgani aniqlansa, ish «Spartak»ning musobaqadan chetlatilishi bilan yakunlanishi mumkin.
Superliga: OKMK Bunyodkor ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Superliga: OKMK Bunyodkor ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Superliga 16-turida OKMK safarda Bunyodkor ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Superliga 16-turidan o'rin olgan bahsda Bunyodkor va OKMK jamoalari to'qnash kelishdi.

Uchrashuv 1:3 hisobida OKMK foydasiga hal bo'ldi.

Gollar: Dmitri Pletnyov (26) — Siavash Haqnazari (33, pen), Nodirbek Abdurazzoqov (39), Aziz Xolmurodov (42)

Olg'a, konchilar ⛏️

Muhammadjon Hakimov Superligada debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi

Muhammadjon Hakimov Superligada debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi

Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qilib, joriy mavsumning eng yosh futbolchisiga aylandi.

Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qildi va ushbu mavsum maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi (16 yosh, 295 kunlik).

Ma'lumot uchun, 2025-yilda ham Bunyodkor jamoasi futbolchisi mavsumda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan edi.

Bog'liq yangiliklar

Bunyodkor 2:1 Buxoro: Aleksandr Xomyakov mag'lubiyat sabablarini tushuntirdi

Bunyodkor 2:1 Buxoro: Aleksandr Xomyakov mag'lubiyat sabablarini tushuntirdi

Superliga 22-turida "Bunyodkor" "Buxoro"ni mag'lub etdi. Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida jamoasining o'yini va mag'lubiyat sabablari haqida gapirdi.

Superliga 22-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Uchrashuvda Shahzodjon Ne’matjonov (8-daqiqada 1:0), Temur Mamasidiqov (34-daqiqada 1:1) va Abdulhamid Ikromov (45+1-daqiqada 2:1) gol mualliflari bo'lishdi.

Raqib jamoani tabriklaymiz. Ularning so'nggi o'yinlarda borgan sari yaxshilanib borayotgani ko'rinib turgandi, murabbiy kelishi bilan, hissiyotlar... Yosh yigitlar harakat qilishyapti, bor kuchlarini berishyapti, futbol o'ynashni xohlashyapti va bu o'z natijasini beryapti. Biz haqimizda esa nimayam derdim... Agar siz hali g'alaba qozonmagan bo'lsangiz, unda biz siz bilan o'naymiz. Yordam beramiz va g'alaba qozonasiz.
Birinchi bo'limdagi daxshatli o'yin, umuman tushunarsiz o'yin bo'ldi. 45-daqiqadagi ahmoqona gol, bunday gollar bizda allaqachon odatga aylanib qolgan. Birinchi 10 daqiqada albatta gol o'tkazib yuborishimiz kerak o'zi. Odatda o'zimizga o'zimiz urardik, bugun raqib urdi. Shuning uchun ofarin "Bunyodkor". Yigitlar harakat qilishdi, ular bizni haqli ravishda mag'lub etishdi deb hisoblayman, - deya gap boshladi Aleksandr Xomyakov.

Murabbiy o'yin davomida darvozabonning ishi va jamoaning psixologik holati haqida ham to'xtalib o'tdi:

Darvozabon uzoq vaqt o'ynamagani, o'yin amaliyotisiz qolgani ko'rinib turgandi. Epizodlarda uning asabiylashayotgani ham sezildi. Shuning uchun ha, u yaxshiroq o'ynashi mumkin edi. Lekin umuman olganda, uni ayblashdan foyda yo'q, butun jamoa rasvo o'ynadi. Yana bir bor aytaman, ayniqsa birinchi bo'limda. Sabablari tushunarli. Hamma mutaxassislar bizning jamoalarga tayyorgarlik ko'rayotganda sabab nima ekanini ko'rishadi. Biz o'zimizni futbolchi hisoblay boshladik, futbol o'ynay olamiz deb o'ylab qoldik. Muammo mana shunda. Biz jang qilishni to'xtatdik, yakkakurashlarda yutishni to'xtatdik.

Xomyakov jamoaning yetakchilari o'yini va himoyadagi muammolarga ham urg'u berdi:

Ular yosh bolalar, garchi biz bu haqda ogohlantirgan bo'lsak ham. Agar biz ularga o'yin ritmini his qilishlariga va o'yinlari qovushayotganini sezishlariga yo'l qo'yib bersak - ular shunday o'ynashda davom etishadi. Afsuski, ularga shunday o'ynashga o'zimiz yo'l qo'yib berdik. Biz barcha kurashlarni yutqazdik. Bizda markaziy yarim himoyachilar yo'q edi, jamoaga olov beradigan, shu orqali jamoa o'ynab, ochko yig'adigan yigitlar yo'q edi. Himoyadagi qatiy o'yin - biz har o'yinda gol o'tkazyapmiz.
Shuhrat Maqsudov «Bunyodkor» futbol akademiyasiga bosh direktor etib tayinlandi

Shuhrat Maqsudov «Bunyodkor» futbol akademiyasiga bosh direktor etib tayinlandi

Shuhrat Maqsudov «Bunyodkor» futbol akademiyasining bosh direktori etib tayinlandi. Mutaxassis o‘zbek futbolidagi boy tajribasi bilan akademiyaga hissa qo‘shadi.

Shuhrat Maqsudov o‘zbek futbolida katta tajriba va boy faoliyatga ega mutaxassis bo‘lib, futbolchi va murabbiy sifatida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Ularning bilim va tajribasi Akademiyada yosh futbolchilarni tarbiyalash, zamonaviy futbolni rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni professional futbolga tayyorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuhrat Maqsudovni yangi lavozimi bilan samimiy tabriklaymiz va ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik hamda Akademiyamiz ravnaqi yo‘lida yangi zafarlar tilaymiz.

Birgalikda futbol yulduzlarini kashf qilamiz! 😃