Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Lokomotiv — yangiliklari

Lokomotiv va bog'liq yangiliklar

To‘labek Akramov Liga Ijroiya qo‘mitasiga saylandi

To‘labek Akramov Liga Ijroiya qo‘mitasiga saylandi

Lokomotiv klubi vitse-prezidenti To‘labek Akramov 52 foiz ovoz bilan navbatdagi 4 yil muddatga Liga Ijroiya qo‘mitasiga saylandi.

⚽️ Umumiy yig‘ilish Toshkent mintaqasidan To‘labek Akramovni Ijroiya qo‘mitasiga sayladi

Lokomotiv klubi vitse-prezidenti 52 foiz ovoz bilan navbatdagi 4 yil muddatga Liga Ijroiya qo‘mitasiga saylandi.

Lokomotiv 0:1 Neftchi: Farg'onaliklar yakka peshqadamga aylanishdi

Lokomotiv 0:1 Neftchi: Farg'onaliklar yakka peshqadamga aylanishdi

O‘zbekiston Superligasining 22-turida "Neftchi" safarda "Lokomotiv"ni mag‘lub etib, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.

Toshkentdagi uchrashuvning birinchi bo‘limini jamoalar ehtiyotkorlik bilan boshlashdi va asosiy e’tiborni to‘p nazoratiga qaratishdi. 9-daqiqadayoq Zoran Marushichda hisobni ochish uchun qulay imkoniyat paydo bo‘lgandi, biroq uning zarbasiga aniqlik yetishmadi. Oradan bir daqiqa o‘tib, tezkor qarshi hujumga o‘tgan temiryo‘lchilar vakili Bilol Tupliyev darvozabonimiz bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Uning xavfli zarbasini Botirali Ergashev yuksak mahorat ko‘rsatib, qaytarishga erishdi.

Ushbu vaziyatdan so‘ng tashabbus va to‘p nazorati asta-sekinlik bilan vakillarimiz tomoniga o‘tdi. Farg‘onaliklar ketma-ket xavfli vaziyatlar yaratib, hisobni ochishga juda yaqin kelishdi. Ammo mezbonlar posboni Aleksey Kozlov bir nechta vaziyatda ishonchli harakat qilib, jamoasini goldan qutqarib qoldi va darvozasi daxlsizligini saqladi. Shu tariqa, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi — 0:0.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi kutilganidek jamoamizning to‘liq ustunligida o‘tdi. Katta kuch va bosim bilan harakat qilgan futbolchilarimizning urinishlari 62-daqiqada o‘z samarasini berdi. Tezkor hujumda raqib himoyachisining qo‘pol xatosidan unumli foydalangan Zoran Marushich kuchli va aniq zarba bilan darvozani chiroyli tarzda ishg‘ol etib, hisobni ochdi — 0:1.

Shundan so‘ng ham jamoamiz hujumkorlikni susaytirmadi, aksincha, yanada faolroq o‘ynay boshladi. Lekin yaratilgan ko‘plab qulay vaziyatlarda yigitlarimizga biroz aniqlik yetishmadi. Bo‘lim oxirida toshkentliklar hisobni tenglashtirishga harakat qilishgan bo‘lsa-da, himoya qo‘rg‘onimiz tartibli o‘yin namoyish etib, barcha xavfli vaziyatlarni bartaraf etdi. Yakunda g‘alabali natijani saqlab qolgan jamoamiz muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida yana yakka peshqadamga aylandi.

O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
20 sentyabr 22-tur
Toshkent shahar, "Lokomotiv" stadioni soat 19:30
"LOKOMOTIV" 0:1
"NEFTCHI"
Gollar: Zoran Marushich, 62'(0:1)

Bosh hakam: Asker Nadjafaliyev
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Avazbek Abdullayev
Zaxira hakami: Javohir Sadaqulov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Alisher Raximkulov
Nazoratchi: Babur Xaydarov
Komissar: Abdulvosidxon Valixonov

"Neftchi: 1.Botirali Ergashev, 5.Ikromjon Alibayev, 7.Abrorbek Ismoilov(9.XurshidG‘iyosov,69'), 10.Jamshid Iskanderov(30.Rustambek Fomin,90'), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 20.Anvarjon G‘ofurov, 22.Alisher Odilov(18.Stipe Perica,69'), 32.Zoran Marushich(71.Bilolxon Toshmirzayev,69'), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratinyo( 21.Muxsinjon Ubaydullayev,81')

Zaxiradagilar: 45.Akbar To‘rayev, 17.Azizbek Muratov, 19.Azizbek Erimbetov, 27.Nurbek Sarsenbayev

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlariga yo'l oladi

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlariga yo'l oladi

Lokomotiv futbolchilari Shodiyor Shodiboyev, Nurlan Ibraimov va Muhammadali Reimov Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasidan o'rin olishdi.

Shodiyor Shodiboyev, Nurlan Ibraimov va Muhammadali Reimov Osiyo O'yinlarida ishtirok etadi!

19-sentabrdan 4-oktabrga qadar Yaponiyaning Nagoya shahrida 20-Osiyo O'yinlari o'tkaziladi.

14-sentabrdan start oladigan futbol bahslarida qatnashadigan O'zbekiston terma jamoasidan "Lokomotiv" futbolchilari Shodiyor Shodiboyev, Nurlan Ibraimov va Muhammadali Reimov ham o'rin olishgan.

Fursatdan foydalanib, sportchilarimizga, xususan, futbolchilarimizga musobaqada omad tilab qolamiz ✌️

Mirko Yelichich: "Navbahor"ning chempionlik imkoniyatlari juda qiyin"

Mirko Yelichich: "Navbahor"ning chempionlik imkoniyatlari juda qiyin"

Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich jamoasidagi muammolar, tarkibdagi yo‘qotishlar hamda Navbahorning chempionlik imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Mirko Yelichich: - Jismoniy va texnik tomondan bu o‘yin ikkala jamoa uchun ham shunday qiyin bo‘lishini kutgandik. Taktik tomondan bu maydonda harakat qilish juda qiyin. Nimadir qilmoqchi bo‘lsang, o‘zgartirishga majbur bo‘lasan. Bugun ikkala jamoa g‘alaba uchun kurashdi va bunga xohishlari yuqori edi. Hozir tarkibimizda bir qancha asosiy futbolchilar yo‘q. Shu sababli rotatsiyada qiynaldik, o‘zimizning eng zo‘r tarkibimiz bilan kela olmadik.

- Temurxo‘ja Abduxoliqov qanot hakami bilan ayrim vaziyatlarda tortishdi.

- Bunday holatlar barcha o‘yinlarda bo‘ladi. Ikkala tomon ham o‘zi uchun haq, to‘g‘ri tomonni topib bo‘lmaydi. Bunday holatlar bilan hakamlarning o‘zlari shug‘ullangani ma’qul. Bugun ayrim vaziyatlar bo‘ldi-ki, biz uchun yoqimli bo‘lmadi. Futbol shunaqa, muxlislar to‘la stadionda hissiyotlarni boshqarish qiyin. Chegarada bo‘lishga harakat qildik.

- Uch o‘zgarishdan keyin jamoaning o‘yini o‘zgarib ketdi. Bu rejadagi o‘zgarishlarmidi?

- Bizga nimalar yetishmayotganini ko‘rdik va kimlar orqali bularni o‘zgartira olishimizni tushundik. Shuhrat Muhammadiyev o‘zida biroz jarohat his qildi. Uni maydonda qoldirish - xavf ostiga qo‘yish bo‘lardi. Diyor Turopov anchadan buyon maydonga tushmagandi va unga amaliyot berishni istadik. 30 daqiqa yaxshi o‘ynadi, uning jismoniy holati ko‘proq daqiqalarga yetmasdi. Menimcha zaxiralarni kechroq boshladik, deb o‘ylayman.

- Asosiy tarkibning to‘rt futbolchisi - Abrayev, Shodiboyev, Reimov va Ibraimovlar termalar yig‘inlarida. Ularsiz tarkib tuzish qanchalik qiyin bo‘ldi?

- Albatta, bizga qiyin bo‘ldi. Ularning barchasi hujumkor futbolchilar va deyarli hujumchilar. Ular tezlikni oshirishda yordam berishadi. Bugun Turopov va Yaxshiboyevdan tashqari zaxirada asosan yoshlar o‘tirishdi. Bugun tarkibda bo‘lmaganlarni hisobdan chiqarib turish juda qiyin bo‘ldi. Oldimizda deyarli tanlov qolmagandi, mashg‘ulotlarda ham ularning o‘rni bilindi. Hali ular bir oy davomida tarkibda bo‘lishmaydi. Bu ham bizga qiyinchiliklar tug‘diradi.

- Ushbu o‘yingacha "Navbahor" ketma-ket olti o‘yinda g‘alaba qozongandi. Ushbu jamoaning chempionlik imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Juda qiyin. Jadval yuqorisidagi ikki jamoa anchagina oldinlab ketgan. Ularni "ushlab olish" menimcha endi ilojsiz. "Navbahor" esa sifatli jamoa, ular jadvalning yuqori qismida bo‘lishadi. Tarkibda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Lekin baribir 1 yoki 2-o‘ringa ko‘tarilish juda qiyin, deb o‘ylayman.

- Ushbu mavsumda "Lokomotiv" o‘z oldiga qanday maqsad qo‘yilgan? Jamoaning kuchli uchlikka kirish imkoniyati qanday?

- Barqaror jamoa qurishni maqsad qilganmiz. Yig‘ilgan tarkibga ahamiyat bersangiz, tajribali futbolchilar orqali yosh futbolchilarni pishitib olishni maqsad qilganmiz. Ularga ko‘proq imkoniyat bersak, kelgusi mavsumda ular bizga yaxshigina yordam berishadi.

Ilya Yelichich "Lokomotiv" safida debyut qildi

Ilya Yelichich "Lokomotiv" safida debyut qildi

Ilya Yelichich Superliganing 18-turida "Xorazm"ga qarshi o'yinda "Lokomotiv" safida debyut qildi.

Ilya Yelichich asosiy jamoada debyut qildi 💪

Jamoamiz Superliganing 18-turida "Xorazm" mehmoni bo'ldi va 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Ushbu uchrashuvning 90-daqiqasida Ilya Yelichich zaxiradan maydonga tushdi va shu orqali asosiy jamoada debyut qildi.

Qayd etish kerak, Ilya Yelichich bosh murabbiy Mirko Yelichichning farzandi va futbol maktabimiz tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Imeda Ashortia: Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman

Imeda Ashortia: Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman

Andijon jamoasi futbolchisi Imeda Ashortia jarohatidan so'ng o'zini qanday his qilayotgani va safga qaytish jarayoni haqida gapirdi.

Jamoamizning gruziyalik tajribali futbolchisi Imeda Ashortia yaqinda jarohat olib, safdan chiqqandi. U davolanish uchun yurtiga borib keldi.

Hozirgi holati borasida Ashortia klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

Mashg'ulot paytida Toshkentning Lokomotiv jamoasiga qarshi o'yin oldidan jarohat oldim. Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Kerak bo'lgan barcha muolajalarni o'tab bo'ldim. Jarohat oson emasdi, lekin, Xudoga shukr, hozir ahvolim ancha yaxshilandi. Hozirgacha uch-to'rtta individual mashg'ulot o'tkazishga ulgurdim. Yaqin kunlarda jamoa bilan birga mashg'ulotlarni boshlayman. Imkon qadar tezroq safga qaytishga umid qilyapman. Men doim qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman va jamoaga imkon qadar tezroq qaytish uchun bor kuch-g'ayratimni sarflayman.

Eslatib o'tamiz, Andijon jamoamiz Superliganing 17-turi doirasida 13 avgust kuni Bobur arenada Neftchini qabul qiladi. Vodiy derbisida barcha muxlislarimizni stadionda kutamiz.

Feruza Turdiboyeva: Lokomotiv jamoasiga moslashishim oson kechdi

Feruza Turdiboyeva: Lokomotiv jamoasiga moslashishim oson kechdi

Dinamo-W ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Lokomotiv-W futbolchisi Feruza Turdiboyeva o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Feruza Turdiboyeva (Dinamo-W 1:2 Lokomotiv-W o'yini qahramoni):

Ikkinchi davrada Lokomotiv jamoasiga kelib qo'shildim. Jamoaning ichki muhiti juda yaxshi. Uzoq vaqtdan beri futbolda bo'lganim sabab ushbu jamoa a'zolari bilan yaxshi tanish edim. Bu ham moslashib ketishimga katta yordam berdi. Bir so'z bilan aytganda jamoa menga yoqdi.

Bugun Dinamoga qarshi qiyin o'yin bo'ldi. Juda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Ammo, o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqib yaxshi qarshilik ko'rsata oldi. Shunga qaramay g'alaba qozonishni uddaladik. Bundan xursandman. Jamoadoshlarimni va jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

Bog'liq yangiliklar

Lokomotiv yangi mashg'ulot maydoniga ega bo'ldi

Lokomotiv yangi mashg'ulot maydoniga ega bo'ldi

Lokomotiv klubi Mirzo Ulug'bek maydonidagi yangi ta'mirlangan tabiiy mashg'ulot maydoniga ega bo'ldi.

🔴 Lokomotiv yangi mashg'ulot maydoniga ega bo'ldi

O'zbekiston temir yo'llari AJ moliyaviy ko'magida Mirzo Ulug'bek maydonida joylashgan tabiiy maydon ta'mirdan chiqarildi va klub ixtiyoriga topshirildi.

«Lokomotiv» stadioni xavfsizlik xodimlari «Match TV» muxbirini kaltakladi

«Lokomotiv» stadioni xavfsizlik xodimlari «Match TV» muxbirini kaltakladi

«Lokomotiv» stadioni xavfsizlik xodimlari «Match TV» muxbiriga nisbatan kuch ishlatib, uni kaltaklashdi va telefonidagi videolarni o'chirishga majbur qilishdi.

⚽ «Match TV» muxbiriga nisbatan «RJD-Arena» yaqinida zo'ravonlik va kamsitish holatlari yuz berdi.

«Akron» bilan o'yindan so'ng jurnalist o'z ishini bajarib, stadion tashqarisida spikerlarni kutayotgan edi. Soat 21:30 atrofida xavfsizlik xizmati xodimlari uni qo'pol tarzda hududni tark etishni talab qilishdi. Muxbir reglamentga ko'ra u yerda 22:00 gacha qolishi mumkinligini aytib, hayron qoldi. Uni haqorat qila boshlashdi va jismonan tashqariga itarib chiqarishdi. Muxbir bularni telefonga tasvirga ola boshlaganida, qo'riqchilar uni qo'lga olishdi.

Ular muxbirning qo'llarini qayirib, kuzatuv kameralari ko'rinmaydigan chodir ortiga sudrab ketishdi. U yerda uni tiz cho'ktirishib, videolarni o'chirish uchun parolni talab qilib, boshi bilan telefonga urishdi. Muxbir rad etganidan so'ng, uni kaltaklab, og'riqli usullarni qo'llashdi. Hayotiga tahdid ostida u parolni berishga majbur bo'ldi va ular telefonidagi videolarni o'chirib tashlashdi. So'ngra uni qo'l-oyog'idan ko'tarib, stadion hududidan tashqariga uloqtirishdi.

Muxbir jarohatlarini va telefon g'ilofidagi shikastlanishlarni travmpunktda qayd etdi. Ish bilan IIV qiziqib qoldi. Dushanba kuni «Match TV» «Lokomotiv» klubiga kuzatuv kameralari yozuvlarini taqdim etish va aybdorlarga nisbatan qat'iy choralar ko'rish talabi bilan xat yubordi. Rasmiy javob hali olinmagan, ammo Cherkizovoda javob tayyorlanmoqda va og'zaki uzr so'ralgan. Yaqin orada klub bosh direktori o'rinbosari Balashov va kanal bosh prodyuseri o'rinbosari Konov o'rtasida uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan, — deya xabar bermoqda Karp.

Bu jurnalistik faoliyatga to'sqinlik qilish va jinoiy ish hisoblanadi. «Spartak» muxlislar klubining sobiq rahbari Korshunov «Lukoyl-Arena» yaqinida RBK muxbirining yuziga urgani uchun shartli muddat olgan edi.