Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Lokomotiv — yangiliklari Matbuot

Lokomotiv va bog'liq yangiliklar

Mirko Yelichich: "Navbahor"ning chempionlik imkoniyatlari juda qiyin"

Mirko Yelichich: "Navbahor"ning chempionlik imkoniyatlari juda qiyin"

Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich jamoasidagi muammolar, tarkibdagi yo‘qotishlar hamda Navbahorning chempionlik imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Mirko Yelichich: - Jismoniy va texnik tomondan bu o‘yin ikkala jamoa uchun ham shunday qiyin bo‘lishini kutgandik. Taktik tomondan bu maydonda harakat qilish juda qiyin. Nimadir qilmoqchi bo‘lsang, o‘zgartirishga majbur bo‘lasan. Bugun ikkala jamoa g‘alaba uchun kurashdi va bunga xohishlari yuqori edi. Hozir tarkibimizda bir qancha asosiy futbolchilar yo‘q. Shu sababli rotatsiyada qiynaldik, o‘zimizning eng zo‘r tarkibimiz bilan kela olmadik.

- Temurxo‘ja Abduxoliqov qanot hakami bilan ayrim vaziyatlarda tortishdi.

- Bunday holatlar barcha o‘yinlarda bo‘ladi. Ikkala tomon ham o‘zi uchun haq, to‘g‘ri tomonni topib bo‘lmaydi. Bunday holatlar bilan hakamlarning o‘zlari shug‘ullangani ma’qul. Bugun ayrim vaziyatlar bo‘ldi-ki, biz uchun yoqimli bo‘lmadi. Futbol shunaqa, muxlislar to‘la stadionda hissiyotlarni boshqarish qiyin. Chegarada bo‘lishga harakat qildik.

- Uch o‘zgarishdan keyin jamoaning o‘yini o‘zgarib ketdi. Bu rejadagi o‘zgarishlarmidi?

- Bizga nimalar yetishmayotganini ko‘rdik va kimlar orqali bularni o‘zgartira olishimizni tushundik. Shuhrat Muhammadiyev o‘zida biroz jarohat his qildi. Uni maydonda qoldirish - xavf ostiga qo‘yish bo‘lardi. Diyor Turopov anchadan buyon maydonga tushmagandi va unga amaliyot berishni istadik. 30 daqiqa yaxshi o‘ynadi, uning jismoniy holati ko‘proq daqiqalarga yetmasdi. Menimcha zaxiralarni kechroq boshladik, deb o‘ylayman.

- Asosiy tarkibning to‘rt futbolchisi - Abrayev, Shodiboyev, Reimov va Ibraimovlar termalar yig‘inlarida. Ularsiz tarkib tuzish qanchalik qiyin bo‘ldi?

- Albatta, bizga qiyin bo‘ldi. Ularning barchasi hujumkor futbolchilar va deyarli hujumchilar. Ular tezlikni oshirishda yordam berishadi. Bugun Turopov va Yaxshiboyevdan tashqari zaxirada asosan yoshlar o‘tirishdi. Bugun tarkibda bo‘lmaganlarni hisobdan chiqarib turish juda qiyin bo‘ldi. Oldimizda deyarli tanlov qolmagandi, mashg‘ulotlarda ham ularning o‘rni bilindi. Hali ular bir oy davomida tarkibda bo‘lishmaydi. Bu ham bizga qiyinchiliklar tug‘diradi.

- Ushbu o‘yingacha "Navbahor" ketma-ket olti o‘yinda g‘alaba qozongandi. Ushbu jamoaning chempionlik imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Juda qiyin. Jadval yuqorisidagi ikki jamoa anchagina oldinlab ketgan. Ularni "ushlab olish" menimcha endi ilojsiz. "Navbahor" esa sifatli jamoa, ular jadvalning yuqori qismida bo‘lishadi. Tarkibda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Lekin baribir 1 yoki 2-o‘ringa ko‘tarilish juda qiyin, deb o‘ylayman.

- Ushbu mavsumda "Lokomotiv" o‘z oldiga qanday maqsad qo‘yilgan? Jamoaning kuchli uchlikka kirish imkoniyati qanday?

- Barqaror jamoa qurishni maqsad qilganmiz. Yig‘ilgan tarkibga ahamiyat bersangiz, tajribali futbolchilar orqali yosh futbolchilarni pishitib olishni maqsad qilganmiz. Ularga ko‘proq imkoniyat bersak, kelgusi mavsumda ular bizga yaxshigina yordam berishadi.

Feruza Turdiboyeva: Lokomotiv jamoasiga moslashishim oson kechdi

Feruza Turdiboyeva: Lokomotiv jamoasiga moslashishim oson kechdi

Dinamo-W ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Lokomotiv-W futbolchisi Feruza Turdiboyeva o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Feruza Turdiboyeva (Dinamo-W 1:2 Lokomotiv-W o'yini qahramoni):

Ikkinchi davrada Lokomotiv jamoasiga kelib qo'shildim. Jamoaning ichki muhiti juda yaxshi. Uzoq vaqtdan beri futbolda bo'lganim sabab ushbu jamoa a'zolari bilan yaxshi tanish edim. Bu ham moslashib ketishimga katta yordam berdi. Bir so'z bilan aytganda jamoa menga yoqdi.

Bugun Dinamoga qarshi qiyin o'yin bo'ldi. Juda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Ammo, o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqib yaxshi qarshilik ko'rsata oldi. Shunga qaramay g'alaba qozonishni uddaladik. Bundan xursandman. Jamoadoshlarimni va jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

Ulug'bek Baqoyev: «Lokomotiv» bilan o'yinda xatolarga yo'l qo'ydik»

Ulug'bek Baqoyev: «Lokomotiv» bilan o'yinda xatolarga yo'l qo'ydik»

Superliga 14-turidan o'rin olgan «Lokomotiv» – «So'g'diyona» uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.

Superliga 14-turidan o'rin olgan «Lokomotiv» – «So'g'diyona» (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bog'liq yangiliklar

Imeda Ashortia: Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman

Imeda Ashortia: Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman

Andijon jamoasi futbolchisi Imeda Ashortia jarohatidan so'ng o'zini qanday his qilayotgani va safga qaytish jarayoni haqida gapirdi.

Jamoamizning gruziyalik tajribali futbolchisi Imeda Ashortia yaqinda jarohat olib, safdan chiqqandi. U davolanish uchun yurtiga borib keldi.

Hozirgi holati borasida Ashortia klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

Mashg'ulot paytida Toshkentning Lokomotiv jamoasiga qarshi o'yin oldidan jarohat oldim. Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Kerak bo'lgan barcha muolajalarni o'tab bo'ldim. Jarohat oson emasdi, lekin, Xudoga shukr, hozir ahvolim ancha yaxshilandi. Hozirgacha uch-to'rtta individual mashg'ulot o'tkazishga ulgurdim. Yaqin kunlarda jamoa bilan birga mashg'ulotlarni boshlayman. Imkon qadar tezroq safga qaytishga umid qilyapman. Men doim qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman va jamoaga imkon qadar tezroq qaytish uchun bor kuch-g'ayratimni sarflayman.

Eslatib o'tamiz, Andijon jamoamiz Superliganing 17-turi doirasida 13 avgust kuni Bobur arenada Neftchini qabul qiladi. Vodiy derbisida barcha muxlislarimizni stadionda kutamiz.