Lokomotiv bosh murabbiyi Neftchi bilan o'yindan so'ng fikr bildirdi
Lokomotiv bosh murabbiyi Neftchiga qarshi kechgan bahsdan so'ng jamoaning o'yini, taktik o'zgarishlar va mavsumdagi maqsadlar haqida fikr bildirdi.
- Shuhrat Muhammadiyevning almashtirilishi sababi nima - taktikami yoki unda jarohat bormidi?
- Yo‘q, taktik. Maydon markazida bizga kuch yetishmayotgan edi. Masalan, Shuhrat qanotda harakat qilishi kerak edi, ishlari biroz o‘xshamadi. Dastlabki 25-30 daqiqada yaxshi o‘ynadik, keyin esa markazni boy berishni boshladik. Shunda biz markazni kuchaytirishga qaror qildik. Markazni biroz kuchaytirib, bir himoyachini olib tashladik.
- O‘yin oldidan jamoangiz 3-4-3 sxemasida o‘ynaydi deb o‘yladim, chunki bundan oldin doim 4-3-3 yoki 4-2-3-1 sxemasida o‘ynagansizlar. Dastlabki 30 daqiqa teng kurashlar ostida o‘tdi, lekin Sizlarda golli vaziyat bo‘ldi, Tupliyev gol ursa, 1:0. Raqibda vaziyatlar deyarli yo‘q edi. Keyin 30-daqiqadan boshlab, menga shunday tuyuldiki, “Neftchi” ustunlikni qo‘lga oldi va 70-daqiqagacha ular sizlarni shunchaki ezib tashlashdi. Sizlar kuchli bosimga qaramay, to‘rt himoyachili sxemaga o‘tdingiz. Aynan Yo‘ldoshevni o‘ngga o‘tkazdingiz va jamoa nimadir qilishga urindi. Va Shushnyarning xatosi... Aytaylik, u joylashishga ulgurmagani sababli gol yuzaga keldimi?
- Ha, kichik xato. U bir oydan beri o‘ynamayapti. Shuning uchun, o‘tgan o‘yinda 20 daqiqa maydonga tushganini hisobga olmaganda, bu uning uchun birinchi o‘yin. Albatta, bunday paytda sezgirlik hisssi biroz yo‘qoladi. Balki unga to‘pga bunchalik erta sakrash kerak emas edi. Yana bir bor aytaman, bu kichkina vaziyat va o‘yinni hal qildi. Ha. Birinchi taymning so‘nggi 15 daqiqasida biz o‘z rejamizni amalga oshira olmadik, o‘yinni qanday boshlagan bo‘lsak, shunday davom ettira olmadik. Keyin pozision jihatdan ba’zi hududlarni yo‘qota boshladik. Va keyin buni o‘zgartirish kerakligini his qildik.
- Demak, bu taktik emas, individual xato bo‘ldi, shundaymi? Chunki siz to‘rt himoyachiga o‘tdingiz, keyin Abrayev, Bahodirov maydonga tushdi va oxirgi 15 daqiqada hatto Iskandarov ham shunchaki to‘pni tepib yuborganidan hayratdalandim. Jamoangiz hatto oxirida gol urishlari ham mumkin edi.
- Ha. Umuman olganda, Jasur hujumda to‘pni yo‘qotdi. U yotgan edi, biz ular to‘pni chiqarib yuborishadi deb o‘yladik, lekin raqib o‘yinni davom ettirdi. Balki bizning futbolchilarimiz shu vaziyatda biroz to‘xtab qolishdi va konsentratsiyani yo‘qotishdi. Aytishim mumkinki, biz orqa chiziqda biroz ko‘proq to‘pni ushlashimiz kerakligini tushundik. Birga-bir vaziyatlar baribir bo‘ladi, chunki himoyachilar soni hujum qiladiganlardan kamroq. Odatda bunday vaziyatlarni biz osonroq hal qilardik, biroq bu safar o‘xshamadi. Bu tezkor, bir lahzalik qaror. Uni aybdor deb ayta olmaymiz. Gol o‘tkazib yuborilsa, bu vaziyatning oxiridan boshlanmaydi. Bu maydonning yuqori qismidagi birinchi vaziyatdan boshlanadi. Jamoa gol o‘tkazib yuborganda, hamma aybdor bo‘ladi. Men hech qachon bir kishiga yuklashni yoqtirmayman.
- “Lokomotiv” mavsumning ikkinchi qismida “Paxtakor” va “Navbahor” bilan durang o‘ynadi va bugun, afsuski, “Neftchi”ga yutqazdi. Agar medallar uchun kurashayotgan shu uchlikni olsak, jamoangiz o‘yin sifati bo‘yicha shu kuchli uchlikka qanchalik yaqin deb hisoblaysiz? Tarkib bo‘yicha men “Lokomotiv”ni yuqoridagi uch jamoa bilan solishtira olmayman, umuman yaqin ham emassizlar.
- Bu savolga javob berish qiyin. Ayni paytda klublarning sifati, ular qanday jamoa tuza olishi va biz nima qila olishimiz o‘rtasida katta farq bor. Ularning o‘yinchilari sifati yaxshiroq deyishingiz mumkin. Men o‘zim bunday demagan bo‘lardim. Buni qog‘ozda, maoshlar narxida o‘qish mumkin. Bizning o‘yinchilarimiz ular bilan qanchalik kurashishga tayyorligiga kelsak, ha, oradagi farq unchalik uzoq emas. Baribir biroz farq bor. Bu bizning Superligaga qaytganimizdagi birinchi yilimiz. Tarkib yangidan yig‘ilgan. Bu o‘yinchilarning ko‘pchiligi o‘tgan yili jarohatlar yoki quyi ligada o‘ynagani sababli maydonga tushmagan. Shunday ekan, bunday jamoalar bilan kurasha olayotganimiz biz uchun yoqimli. Biz hozir keyingi yilga qanday qilib yaxshiroq bo‘lishimiz mumkinligini izlayapmiz. Biz o‘zimizning darajamizga qaytishni xohlaymiz.