Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Paxtakor — yangiliklari

Paxtakor va bog'liq yangiliklar

Paxtakor Muhammadrasul Abdumajidovning transferi bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Paxtakor Muhammadrasul Abdumajidovning transferi bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Paxtakor himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga klub rasmiy munosabat bildirdi.

Bugun ko'p OAV va bloglarda jamoamiz himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya klubiga o'tishi masalasi bo'yicha fikrlar bildirildi. Bunga klub rasmiy munosabatini bildiradi.

Paxtakor futbol klubiga boshqa xorij klubidan rasmiy taklif yuborilgan xat kelib tushmadi. Faqat futbolchining agenti fransuz klubi yozgan taqdim etdi (sotib olish huquqi bilan ijara). Biroq bu taklif klubimizni qoniqtirmadi. Paxtakor jamoasidagi har bir futbolchining o'ziga yarasha obro'si bor va biz o'yinchilar uchun bildirilgan yaxshi takliflarni ko'rib chiqishga tayyormiz. Qolaversa, O'zbekistonda transfer davri yopilgan.

Jamoa mavsumning muhim pallasida turibdi va futbolchining o'rnini to'ldirish imkoniyatiga ega emas. Har mavsum oldidan murabbiylar shtabi oldiga jiddiy vazifalar qo'yiladi va bu yil ham shundan mustasno emas. Futbolchilar o'tishi va transferlari bo'yicha qarorlar murabbiylar shtabi tomonidan vazifalardan kelib chiqib, jamoa manfaati asosida qabul qilinadi. Paxtakor'ni oldinda Elit Chempionlar Ligasi kutmoqda. Ushbu musobaqada jamoaning vazifasi munosib ishtirok etishdan iborat.

Shu sababli ayni paytda asosiy maqsadimiz jamoa tarkibini kuchaytirishdan iborat, uni kuchsizlantirish emas.

Agar taklif vaqtliroq kelib tushganda uni batafsil muhokama qilish mumkin edi. Yozgi transferlar paytida ikki nafar markaziy himoyachi boshqa klublarga qo'yib yuborildi. Shu tufayli ushbu transfer bo'yicha taklifni faqat qishda ko'rib chiqish imkoni borligini klubimiz ma'lum qiladi.

Neftchi – Paxtakor uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlandi

Neftchi – Paxtakor uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlandi

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Paxtakor” uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Narxlar va sotib olish tartibi bilan tanishing.

O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichi doirasida 29-avgust kuni soat 19:00 da “Istiqlol” stadionida “Neftchi” – “Paxtakor” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

📍Chiptalar “Istiqlol” stadioni kassalarida sotilmoqda.

💰Chipta narxlari har doimgidek — 30 000–50 000 so‘m etib belgilandi.
⭐️Oddiy sektorlar — 30 000 so‘m
⭐️VIP, 5-sektor — 50 000 so‘m

⏰Kassalar 10:00 dan boshlab faoliyat yuritadi.

⚠️DIQQAT: Har bir shaxsga 2 donadan ortiq chipta sotilmaydi!

Mazkur cheklov haqiqiy muxlislar uchun teng imkoniyat yaratish hamda chiptalarning noqonuniy qayta sotilishining oldini olish maqsadida joriy etilgan.

Sevimli jamoamizni “Istiqlol” stadionidan turib qo‘llab-quvvatlang!

Bog'liq yangiliklar

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

⚽️ Superliga. Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi (nomzodlar)

🟡 Kamoliddin Tojiyev (Paxtakor) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 8:2

🔵 Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 13:3

🟡 Mirjalol Qosimov (OKMK) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 4:4

🔵 Timur Kapadze (Navbahor) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 8:4

🟡 Anvar G‘ofurov (Surxon) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 3:3

OKMK 1:3 Paxtakor: Toshkentliklar safarda g'alaba qozondi

OKMK 1:3 Paxtakor: Toshkentliklar safarda g'alaba qozondi

Superliga 21-turida OKMK o'z maydonida «Paxtakor»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv tafsilotlari va tarkiblar bilan tanishing.

Superliga 21-turidan o'rin olgan OKMK va «Paxtakor» jamoalari o'rtasidagi bahs 1:3 hisobida yakunlandi. OKMK uchrashuvni mag'lubiyat bilan yakunladi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan jamoamiz hujumkor harakat qilishga intildi. 17-daqiqadan boshlab OKMK bir qator xavfli hujumlar uyushtirdi. Qosimovning burchak zarbasidan keyin O'lmasaliyevning bosh bilan yo'llagan zarbasi ustunga tegdi. Shuningdek, Abdurazzoqov, Qosimov va Xolmurodov ishtirokidagi hujumlarda hisobni ochish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. 17-daqiqada turli bahslarga sabab bo'layotgan Giorgi Papavaning goli offsayd sabab hisobga olinmadi.

Biroq 24-daqiqada mehmonlar hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay «Paxtakor» yana bir gol urib, tanaffusga 0:2 hisobida chiqib ketdi. Birinchi bo'lim yakunida OKMK Xolmurodovning bosh bilan yo'llagan zarbasi orqali farqni qisqartirishga yaqin keldi.

Ikkinchi bo'limni jamoamiz faol boshladi. 50–58-daqiqalar oralig'ida Xolmurodov, Haqnazariy va Qosimovning zarbalari orqali gol urish imkoniyatlari yuzaga keldi. Biroq 64-daqiqada «Paxtakor» hisobni 0:3 ga yetkazdi.

OKMK murabbiylar shtabi o'yin davomida bir nechta almashtirishlarni amalga oshirib, hujum chizig'ini kuchaytirdi. 66-daqiqada bir vaqtning o'zida uch futbolchi — Sentoku, Koyich va Abdurahmonov maydonga tushirildi. Keyinchalik Tursunqulov va Peshich ham o'yinga qo'shildi.

81-daqiqada OKMK hisobni qisqartirdi. Muqimjonovning jarima zarbasidan oshirilgan to'pni Papava boshi bilan darvozaga yo'lladi. Gol VAR orqali tekshirilib, yakunda hisobga olindi — 1:3.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida jamoamiz yana bir necha bor hujum qilishga urindi, biroq hisobni o'zgartirishning imkoni bo'lmadi.

Superliga. 21-tur.
OKMK — «Paxtakor» 1:3
Gollar: Giorgi Papava (83) — Ayman Husseyn (4), Ibrohim Ibragimov (25), Dostonbek Hamdamov (65)

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Sanjar Ahmadov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Bekzod Aripov

OKMK tarkibi: 23.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Shahzod Toirov, 4.Mirjamol Qosimov (11.Ali Abdurahmonov, 66), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliyev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 9.Aziz Xolmurodov (27.Urosh Koyich, 66), 10.Asadbek Sobirjonov (77.Ivan Peshich, 81), 17.Nodir Abdurazzoqov (21.Hazratjon Tursunqulov, 76), 19.Ahmadullo Muqimjonov, 88.Siavash Haqnazari (28.Arihiro Sentoku, 66).

«Paxtakor» tarkibi: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 17.Dostonbek Hamdamov (34.Sherzod Nasrullayev, 69), 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jayev (13.Muhammadali Dilshodbekov, 90+2), 29.Ayman Husseyn (26.Davron To'laganov, 78), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Ogohlantirishlar: Shahzod Toirov (33), Ibrohim Ibragimov (39), Sardor Sobirxo'jayev (74).

Olg'a, «konchilar» ⛏️

Neftchi — Paxtakor uchrashuviga 18 777 nafar muxlis tashrif buyurdi

Neftchi — Paxtakor uchrashuviga 18 777 nafar muxlis tashrif buyurdi

O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Neftchi — Paxtakor uchrashuviga 18 777 nafar muxlis tashrif buyurdi.

O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Neftchi — Paxtakor uchrashuvini tomosha qilish uchun stadionga 18 777 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Solishtirish uchun, bu ko‘rsatkich har bir mavsum kesimida turnirning so‘nggi to‘rt mavsumida nimchorak final bosqichining barcha uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislarning umumiy sonidan ham ko‘proq bo‘ldi.