Elit Chempionlar Ligasi 3-turi doirasidagi "Paxtakor" va "Eyr Fors" uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Elit Chempionlar Ligasi 3-turidan avval "Madina Xalqaro" stadionida matbuot anjumanida Emilian Karas va Bashar Resan qatnashdi.
Karas: - "Eyr Fors" juda yaxshi jamoa va ertangi bellashuv juda qiyin kechishini kutyapmiz. Ular juda tartibli va uyushqoq holda o'ynashadi. Himoyada raqibga bo'sh hudud qoldirmaslikka intilishadi. Shu sababli maydonda jang bo'ladi.
Futbolda barcha jamoa g'alaba qozonishni istaydi. Buni xohlamagan murabbiy yoki futbolchining o'zi yo'q. Biz yutuq uchun maydonga tushamiz. Maydonda nimalar bo'lishini o'yin ko'rsatib beradi.
Resan: - Bu yerda ekanimizdan xursandman. Sobiq jamoamga qarshi o'ynayman. "Paxtakor"ni iliq kutib olishgani uchun rahmat aytaman. "Eyr Fors" Iroqning eng kuchli klublaridan biri va doimo Osiyo klublar musobaqalarida ishtirok etadi. Ertaga juda qiziqarli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Biz g'alaba uchun harakat qilamiz, uch ochko bilan uyga qaytsak yanada xursand bo'lardik.
Emilian Karas va Bashar Resan OChL elit bosqichi doirasidagi "Al-Husayn"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Paxtakor" va "Al-Husayn" jamoalari o'yini oldidan matbuot anjumanida murabbiy Emilian Karas hamda futbolchi Bashar Resan ishtirok etdi.
Karas: - Bir necha oy oldin Iordaniya futboli haqida hech narsa bilmas edim. Iordaniya terma jamoasining darajasi ancha yuqori ekan. Jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi. Adashmasam, "Al-Husayn"ning 7 nafar yoki undan ko'proq futbolchisi mundialda ishtirok etdi. Shuningdek, "Al-Husayn"ning Kubok va Chempionatdagi natijalarini kuzatib bordim. Jamoa tarkibida yaxshi futbolchilar bor. Vaziyatdan foydalanib, muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim.
Biz Superligada ko'p ochko yo'qotdik. "Buxoro"ga qarshi so'nggi o'yinda barchasi yaxshi edi. O'yinni nazorat qilayotgandik. Men buni jismoniy holat bilan bog'lamayman. Menimcha, muammo konsentratsiyada bo'ldi. O'zingiz bilasiz, 2:0 hisobi futboldagi eng noqulay hisoblardan biri. Raqibning birinchi golini esa o'zingiz ko'rdingiz. Shundan so'ng ularda ruhiy ustunlik va ishtiyoq paydo bo'ldi. Biz yana shunday vaziyatlar takrorlanmasligi ustida ishlayapmiz.
Aynan qanday o'yin namoyish etishimizni aniq ayta olmayman. Hech qaysi bir jamoa maydonga yutqazamiz deb chiqmaydi, buni bilasiz. Ushbu bosqich bir o'yindan iborat. Bu esa juda muhim omil omil. Ko'plab hisobga olishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor, ob-havo. Ertaga "Paxtakor" g'alaba olib keladigan o'yin namoyish etadi.
Resan: - Ertaga oson o'yin bo'lmaydi. "Al-Husayn"ning ko'plab futbolchilari Jahon chempionatida o'ynadi. Biz to'rt kun oldin "Buxoro"ga qarshi o'ynadik. Ikkita mashg'ulot o'tkazishga ulgurdik, biri tiklanish uchun va ikkinchisi taktik mashg'ulot. Nasib ertaga yaxshi natijaga erisha olamiz. "Al-Husayn" hali yangi mavsumda o'yin o'tkazmadi. Shuning uchun murabbiylar shtabi raqibni o'rganishda biroz qiyinchilikka duch kelgan bo'lishi mumkin.
Ayman Osiyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri. U mundialda qanday o'ynaganini ko'rdingiz. Mundialga saralashda ko'plab gol urdi va mundialning o'zida ham. U mendan Superliga darajasini va hayot qanday ekanligini so'radi. Men O'zbekistonda mahalliy chempionat kuchliligini aytdim. Hozir bir uch nafar iroqlik bir jamoada o'ynamoqdamiz. Biz "Paxtakor"ga ko'proq yordam berishimiz kerak.
To'rt hafta oldin maydon yaxshi holatda edi. Ertangi o'yinni "Paxtakor" uchun emas, o'zbek futboli uchun tomosha qilishadi. Qolaversa, ochiq futbol o'ynaydigan jamoalar uchun maydon holati yaxshi bo'lishi o'ta muhim. Ertaga bunday kamchiliklarga e'tibor bermay, faqatgina natija haqida o'ylaymiz. Maydon holati bizga hech qanday muammo tug'dirmaydi.
«Paxtakor» yarim himoyachisi Bashar Resan «Qadsiya»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Qadsiya»ga qarshi bahsdan oldingi matbuot anjumanida yarim himoyachi Bashar Resan o'z fikrlarini bildirdi.
Albatta, qiyin o'yin bo'ladi. Raqibimiz so'nggi ikki mavsumda Saudiya Arabistonining eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lib kelmoqda. Biz o'tgan kuni chempionat doirasida bitta o'yin o'tkazdik, ular ham xuddi shunday, o'tgan kuni o'ynashdi. Hozir biz tayyormiz, chunki bilasiz, milliy terma jamoalarda sakkiz nafar futbolchimiz bor, ular O'zbekistonga, Iroqqa va boshqa turli mamlakatlarga safar qilishdi. Ular endigina qaytib kelishdi va ko'p vaqtlarini tiklanishga sarflashdi. Biz ushbu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz va ertaga muxlislarimizni kutib qolamiz. Inshaalloh, yaxshi natijaga erishamiz. Barcha bu o'yinning qiyin o'tishini biladi va unga tayyor.