Emilian Karas va Ibrohim Ibragimov «Al-Ahli»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, bo'lajak bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Emilian Karas va Ibrohim Ibragimovning o'yindan oldingi fikrlari
«Al-Ahli»ga qarshi o'yin oldidan jamoamiz murabbiyi Emilian Karas va yarim himoyachi Ibrohim Ibragimov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Karas: - Biz musobaqaning guruh bosqichini boshlayotganimizdan xursandmiz. Jiddaga uzoq parvoz bilan yetib keldik. Jamoamiz o'yinga yaxshi tayyorlandi. «Al-Ahli»ning kuchli klub ekanini bilamiz. Ularning safida yuqori saviyali futbolchilar ko'p. Shunga qaramay, ertaga yaxshi o'yin namoyish etishga intilamiz. Bir maqsad sari yakdil jamoaga aylanamiz. Ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz.
Ibragimov: - Elit Chempionlar Ligasi guruh o'yinlari boshlanayotgani bilan barchani tabriklayman. Raqibimizni yaxshilab o'rganib chiqdik. Ertangi bellashuv biz uchun oson bo'lmaydi. «Al-Ahli» juda kuchli jamoa. Lekin biz maydonda borimizni bergan holda ijobiy natijaga erishish uchun urinamiz.
AFC talablariga binoan, Chempionlar ligasida "Paxtakor" jamoasini rasman Emilian Karas boshqarib boradi.
AFC klublar musobaqalari talablariga ko'ra, Chempionlar ligasida zarur litsenziyaga ega bo'lgan Emilian Karas bosh murabbiy sifatida rasmiy tadbirlarda ishtirok etadi. U o'yin qaydnomasi, matbuot anjumanlari va boshqa rasmiy tadbirlarda "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida qatnashadi.
Paxtakor bosh murabbiyi Emilian Karas Jiddadagi bahs va "Al-Ahli"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jiddadagi bahsdan so'ng jamoamiz murabbiyi Emilian Karas matbuot anjumanida qatnashdi.
O'yin kutganimizdek qiyin kechdi. "Al-Ahli" juda kuchli va tajribali jamoa. Havo harorati va yuqori namlik ham qiyinchilik tug'dirdi. Shu sababli tanaffusdayoq o'zgarishlar boshlandi. Gol urganimizdan keyin ikkita qarshi hujum uyushtirdik, ammo foydalana olmadik. Bellashuv taqdirini hal qilishimiz mumkin edi. Mezbonlar ham golga arzirli o'ynashdi, lekin golli imkoniyatlarimiz bo'lgandi.
"Al-Ahli"da o'zgarishlar bo'lganini bilamiz. Lekin bellashuvga hozirlik ko'rishda o'z futbolimiz haqida bosh qotirdik. Mezbonlar murabbiyini "Shaxtyor"dagi faoliyatidan bilaman. Unga yangi jamoasida barchasini o'zgartirish uchun vaqt kerak.
Emilian Karas va Bashar Resan OChL elit bosqichi doirasidagi "Al-Husayn"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Paxtakor" va "Al-Husayn" jamoalari o'yini oldidan matbuot anjumanida murabbiy Emilian Karas hamda futbolchi Bashar Resan ishtirok etdi.
Karas: - Bir necha oy oldin Iordaniya futboli haqida hech narsa bilmas edim. Iordaniya terma jamoasining darajasi ancha yuqori ekan. Jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi. Adashmasam, "Al-Husayn"ning 7 nafar yoki undan ko'proq futbolchisi mundialda ishtirok etdi. Shuningdek, "Al-Husayn"ning Kubok va Chempionatdagi natijalarini kuzatib bordim. Jamoa tarkibida yaxshi futbolchilar bor. Vaziyatdan foydalanib, muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim.
Biz Superligada ko'p ochko yo'qotdik. "Buxoro"ga qarshi so'nggi o'yinda barchasi yaxshi edi. O'yinni nazorat qilayotgandik. Men buni jismoniy holat bilan bog'lamayman. Menimcha, muammo konsentratsiyada bo'ldi. O'zingiz bilasiz, 2:0 hisobi futboldagi eng noqulay hisoblardan biri. Raqibning birinchi golini esa o'zingiz ko'rdingiz. Shundan so'ng ularda ruhiy ustunlik va ishtiyoq paydo bo'ldi. Biz yana shunday vaziyatlar takrorlanmasligi ustida ishlayapmiz.
Aynan qanday o'yin namoyish etishimizni aniq ayta olmayman. Hech qaysi bir jamoa maydonga yutqazamiz deb chiqmaydi, buni bilasiz. Ushbu bosqich bir o'yindan iborat. Bu esa juda muhim omil omil. Ko'plab hisobga olishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor, ob-havo. Ertaga "Paxtakor" g'alaba olib keladigan o'yin namoyish etadi.
Resan: - Ertaga oson o'yin bo'lmaydi. "Al-Husayn"ning ko'plab futbolchilari Jahon chempionatida o'ynadi. Biz to'rt kun oldin "Buxoro"ga qarshi o'ynadik. Ikkita mashg'ulot o'tkazishga ulgurdik, biri tiklanish uchun va ikkinchisi taktik mashg'ulot. Nasib ertaga yaxshi natijaga erisha olamiz. "Al-Husayn" hali yangi mavsumda o'yin o'tkazmadi. Shuning uchun murabbiylar shtabi raqibni o'rganishda biroz qiyinchilikka duch kelgan bo'lishi mumkin.
Ayman Osiyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri. U mundialda qanday o'ynaganini ko'rdingiz. Mundialga saralashda ko'plab gol urdi va mundialning o'zida ham. U mendan Superliga darajasini va hayot qanday ekanligini so'radi. Men O'zbekistonda mahalliy chempionat kuchliligini aytdim. Hozir bir uch nafar iroqlik bir jamoada o'ynamoqdamiz. Biz "Paxtakor"ga ko'proq yordam berishimiz kerak.
To'rt hafta oldin maydon yaxshi holatda edi. Ertangi o'yinni "Paxtakor" uchun emas, o'zbek futboli uchun tomosha qilishadi. Qolaversa, ochiq futbol o'ynaydigan jamoalar uchun maydon holati yaxshi bo'lishi o'ta muhim. Ertaga bunday kamchiliklarga e'tibor bermay, faqatgina natija haqida o'ylaymiz. Maydon holati bizga hech qanday muammo tug'dirmaydi.