Emilian Karas: "Qadsiya"ga qarshi o'yinda g'alabaga yaqinroq edik"
FC PAKHTAKOR ↗ ●●●●● Matbuot 👁 28

Emilian Karas: "Qadsiya"ga qarshi o'yinda g'alabaga yaqinroq edik"

"Qadsiya" bilan uchrashuvdan so'ng jamoamiz murabbiyi Emilian Karas matbuot anjumanida qatnashdi.

Maydonda yaxshi va keskin kurashlarga boy o'yin kechdi. Har ikki jamoa ko'plab vaziyatlar yaratdi, bahsda ko'proq gollar urilishi ham mumkin edi. Raqibning qarshi va tez hujumlaridan ehtiyot bo'lishni yigitlarga aytgandik, biroq baribir jahon darajasidagi hujumkor o'yinchilar bilan mehmonlar bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biz o'yin taraflama bo'sh kelmadik. Birinchi bo'limdagi golimiz VAR orqali bekor qilindi. Ikkinchi bo'limda hujumda to'g'riroq o'ynadik. Bellashuv oxirida hisobni tenglashtirdik va g'alabaga yaqinroq edik. Bir necha imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bahsdagi holatga qarab taktik o'zgarishlar qildik. Sobirxo'jayev markaziy himoyachi o'rniga tushgach, hujumda futbolchimiz bir nafarga ko'paydi. Natijada bosim qildik va gol urdik.

Hamisha shunday darajada o'ynashni istagan bo'lardik. Lekin chempionat o'yinlarida ruhiy holat baribir o'zgaradi. Mashg'ulot va uchrashuvlarda borimizni berib, ishtiyoq bilan o'ynashda davom etishga urinamiz. Shunda o'sishga erishamiz. Bugun kuchli jamoaga qarshi dadil o'ynay oldik deb o'ylayman.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!