Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Al Qadsiah — yangiliklari

Al Qadsiah va bog'liq yangiliklar

Ronsero «Real»ni «Santyago Bernabeu» kubogini o'tkazishga chaqirdi

Ronsero «Real»ni «Santyago Bernabeu» kubogini o'tkazishga chaqirdi

AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero «Real»ni «Santyago Bernabeu» kubogi o'yinini o'tkazishga chaqirdi.

📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero: «Bu yil «Madrid» hali «Santyago Bernabeu» kubogi o'yini o'tkazilishini e'lon qilmadi. Jamoa mavsumni faqat 22-avgustda boshlaydi. Nega endi bu o'yinni o'tkazmaslik kerak?!

G'oyalar ko'p. Masalan, Luka Modrich shartnomasini uzaytirgan «Milan»ga qarshi o'ynash mumkin. «Bernabeu»dagi muxlislar Lukani katta quvonch bilan kutib olishardi.
Shuningdek, Nacho o'ynayotgan «Al-Qadsiya» bilan o'ynash mumkin, u ham «Bernabeu»da xayrlashuv marosimiga loyiq.
Va albatta, «An-Nasr» bilan uchrashuv tashkil qilish mumkin. Krishtianu Ronaldu 8 yildan so'ng «Bernabeu»ga qaytadi... Bunday voqea «Bernabeu»ni uch marta to'ldirib, klub g'aznasiga yaxshigina daromad keltirgan bo'lardi.

Bundan tashqari, ushbu o'yinni yangi kelgan futbolchilar va bosh murabbiyni tanishtirish uchun ham o'tkazish mumkin edi. «Bernabeu» nihoyat to'liq ta'mirlandi: stadion bilan endi maqtansa bo'ladi va buni ko'rsatish kerak.

Ishonchim komilki, 12-avgustdan 22-avgustgacha «Santyago Bernabeu» kubogi uchun vaqt topsa bo'ladi», — deydi u.

Bog'liq yangiliklar

Marsel Kameron Puertasga qiziqish bildirmoqda

Marsel Kameron Puertasga qiziqish bildirmoqda

Marsel Kameron Puertasni ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Foot Mercato xabariga ko'ra, futbolchi Yevropaga qaytishni istayapti.

"Marsel" markaziy yarim himoyachi Kameron Puertasni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. O'tgan mavsumda "Verder"da ijara asosida to'p surgan "Al-Qadsia" futbolchisi Yevropaga qaytishni istamoqda.

Foot Mercato xabariga ko'ra, "Marsel" futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. APL klublari ham o'yinchi uchun kurashga qo'shilgan.